Paxta tozalash zavodining tozalash tsexi




Download 118,66 Kb.
bet5/7
Sana14.05.2024
Hajmi118,66 Kb.
#233171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ingichka tolali paxtalar uchun QTTS dagi PLPXVM-02 uskunalar majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash

1.2. Paxta tozalash zavodining tozalash tsexi.
Paxta tozalash zavodlarida chigitli paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayoniga kiritilgan tozalash mashinalari o’rnatilgan tsexlar zavodning asosiy tsexlari qatoriga kiradi. Bu tsexlar quvvati jihatidan ikki tipga bo’linadi: bir batareyali zavodlarda tozalash tsexlari bir soatda 10-12t, ikki batareyali zavodlarda esa shundan ikki hissa ko’p paxta tozalaydi.
Agar chigitli paxta saqlanadigan ombor va maydonlar zavodning bosh binosiga 200m dan yaqin masofada joylashgan bo’lsa tozalash tsexi bosh binoga qo’shib quriladi, chigitli paxtani saqlash zonasi bosh binodan 200m dan uzoqda joylashgan bo’lsa, tozalash tsexi asasiy binodan 100-150 m narida quriladi. Bu holda tozalash tsexi operativ ombor bilan bosh korpus orasiga joylashadi.
CHigitli paxtaning ifloslik darajasiga va tozalash planiga qarab, tozalash tsexining mashinalarini har xil tartibda ishlatish mumkin:
1) mashinada terilgan, ifloslik darajasi yuqori paxtani qayta ishlash uzluksiz texnologik jarayoni - quritish-tozalash tsexi, tozalash tsexida qo’shimcha quritish va zavodning asosiy tsexlari (bosh korpus);
2) ifloslik darajasi va namligi unchalik yuqori bo’lmagan paxtani qayta ishlash uzluksiz texnologik jarayoni - quritish-tozalash tsexidagi mashinalarni ishlatmasdan tozalash tsexidagi mashinalarning hammasini ishlatib yoki faqat mayda iflosliklardan tozalash mashinalarini ishlatib, keyin bosh korpusdagi mashinalarni ishlatish.
Ikki batareyali paxta tozalash zavodi uchun mo’ljallangan tozalash tsexiga har batareyada oltita CHX-ZM-2 arrali barabanli tozalagichlar, ikkita 6A-12M shnekli tozalagich, bir dona SS-15M separatori, bir dona EX-15 elevatori o’rnatilgan.
Quritish-tozalash tsexida quritilgan yoki omborda saqlanayotgan chigitli paxta pnevmotransport yordamida separatorga uzatiladi, shunda u UTP-15 tosh tutgichdan o’tadi va yirik iflosliklardan tozalanish uchun arrali barabanli tozalagichlarning taqsimlovchi shnekiga beriladi. Arrali barabanli tozalagichlardan chiqqan chigitli paxta nig`uvchi shnekda to’planib qiya shnek orqali mayda iflosliklardan tozalanish uchun shnekli tozalagichlarga uzatiladn. Agar chigitli paxtada yirik iflosliklar bo’lmasa uni arra barabanli tozalagichlardan o’tkazish shart emas.



Download 118,66 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 118,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paxta tozalash zavodining tozalash tsexi

Download 118,66 Kb.