Fizika ta’limining maqsadi va vazifalari




Download 32.3 Kb.
bet3/5
Sana13.06.2023
Hajmi32.3 Kb.
#72633
1   2   3   4   5
Bog'liq
Soxib
Ismailova Feruza, KARIMOVA SOJIDA2mavzu, 1-kurs-Matematik-Anliz-Fizika, mat analiz, Bioxilma xillik, HFHmajmua, Quyuq ekstraktlar tarifi, tavsifi va tasnifi. Ularni ishl, Qotishma - Vikipediya, s797jiNaQNnyqzG57LE65D8H0uMQIPO8GUrgliVL, 01.01.2023 sana Moliyaviy hisoboti, Mustaqil ish N1 Audit, tarmoq test tayyor, 3 oy (2), ZAYNIDDINOVA SHAHRIBONU BAHODIR QIZI 11693677706737
Fizika ta’limining maqsadi va vazifalari.

Umumiy o'rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida. ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o'rni bilan belgilanadi. Maktabda fizika o'qitish ta’limning umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o‘z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o'stirishi, ularda milliy va umumin- soniy qadriyatlami tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo'lgan bilimlar bilan qurollantirishi lozim. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


- o'quvchilarni fizik hodisalar. tushunchalar, kattaliklar. modellar, qonunlar, o'lchashJar. fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manza- rasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;
- fizikadan masalalarni mustaqil ishlash, fizik hodisalami kuzatish va ulami tushuntira bilish ko'nikmalarini shakllantirish;
- fizikaga oid asbob va uskunalardan foydalanish, sodda o'lchov va tajriba ishlarini bajarish, ulaming natijalari asosida xulosalar chiqarish, asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirish; - o'quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo'llanilishi bilan tanishtirish;
- qadimda va o'tgan asrlarda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar hamda hozirgi davr Vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini
tevarak-atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan bog‘lash orqali o'quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
- ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog'lash orqali

o'quvchilarni ongli ravishda kasbga yo'naltirish, o'rta maxsus (akademik litsey) yoki kasb-hunar (kollej) ta’lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash.


Umumiy o‘rta maktab fizika ta'limi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish ushbu davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o‘rta maktabda beriladigan fizika ta'limi ma/.munining majhuriy minimumini hamda o‘quvchilarning fizikadan tayyorgarlik darajasiga qo“yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
Fizika ta’limi mazmunining majburiy minimumi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga fizikadan berilishi zarur bo'lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi. Maktab fizika ta’limi mazmunini belgilashda to‘qqizinchi sinfni tugatgan yoshlar umumiy fizika kursining barcha bo’limlaridan, chunonchi, mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, elektrodinamika, optika, atom va yadro fizikasidan ma’lum darajada tugallangan bilimga ega bo'lishlari zarur ekanligi inobatga olingan. Ta'lim mazmunining majburiy minimumi quyidagi shaklda keltirilgan: fizik bodisa va faktlar, tushuncha va kattaliklar, modellar hamda qonunlar.
Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar o'quvchilarning fizikadan majburiy tayyorgarlik darajasiga, ya’ni ulaming umumiy o'rta maktabda fizika ta’limi jarayonida egallagan bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan minimal talablami aks ettiradi. Umumiy o'rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining fizikadan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar uning asosiy mazmunining yo'nalishlari — bilish vositalari, harakat va kuchlar, modda, maydon, ish va energiya bo'yicha belgilandi.

Download 32.3 Kb.
1   2   3   4   5




Download 32.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizika ta’limining maqsadi va vazifalari

Download 32.3 Kb.