• Osiyo taraqqiyot bankining tashkil etish asoslari, asosiy maqsad va vazifalari.
  • Osiyo taraqqiyot




    Download 25.43 Kb.
    bet1/3
    Sana11.10.2023
    Hajmi25.43 Kb.
    #87614
      1   2   3
    Bog'liq
    XMI


    16-variant

    1. Osiyo taraqqiyot bankining tashkil etish asoslari, asosiy maqsad va vazifalari.

    2. BMT tarkibidagi ixtisoslashgan iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlar faoliyati.

    3. Xalqaro valyuta fondining jahon valyuta tizimini tartibga solishdagi roli.




    1. Osiyo taraqqiyot bankining tashkil etish asoslari, asosiy maqsad va vazifalari.

    Osiyo taraqqiyot banki – OTB xalqaro moliya institutlaridan biri bo’lib, u 1966 yil 22 avgustda kuchga kirgan 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan OTB tuzish haqidagi bitim asosida faoliyat yuritishni boshlagan. Hozirda OTB ga 67 mamlakat a’zo. Bu mamlakatlarning ayrimlari Osiya mintaqasiga kirmaydigan davlatlardir. Masalan, AQSh va Yaponiya OTB ga a’zo bo’lgan va bankning eng ko’p ulushiga ega bo’lgan davlatlardir. AQSh ham Yaponiya ham OTB ning 15% dan ko’p bo’lgan Nizom jamg’armasi ulushiga ega. AQSh bilan Yaponiya hamkorlikda OTB ning har qanday qarorini to’xtatib qo’yishi mumkin, agar ularning ovozi qaror qbul qilish vaxtidagi jami ovozning 1/3 qismdan ko’p bo’lsa.
    OTB ga rivojlangan davlatlarning ta’siri katta, sababi 50 % bank mablag’lari rivojlangan davlatlarga tegishli va rivojlangan davlatlar ko’proq yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishga harakat qiladi.
    OTB ning shtab kvartirasi, ya’ni bosh ofisi Fillipinning Manila shahrida joylashgan. OTB ning oliy organi boshqaruv kengashidir. OTB ga bankning prezidenti rahbarlik qiladi, bu lavozimga hamisha yaponiya vakillaridan nomzod tayinlangan.
    OTB faoliyatining asosiy maqsadi :

    • Osiyoda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga ko’maklashish va

    • moliyaviy, texnik hamda iqtisodiy yordam ko’rsatish hisoblanadi.

    OTB bu maqsadini quyidagi sohalarni moliyalashtirish orqali amalga oshiradi:

    Moliyalashtirish esa asosan kreditlar berish bilan amalga oshiriladi. OTB ning kreditlari uzoq muddatlarga beriladi va aynan shunisi bilan katta loyihalarni amalga oshirishga erishib kelinmoqda. OTB ning oddiy fondi hisobidan 10 yildan 25 yilgacha muddatlarda maqsadli kreditlar beriladi va bu OTB beradigan barcha turdagi kreditlarning 2/3 qismini tashkil qiladi. OTB ning Osiyo rivojlanish maxsus fondi hisobidan esa imtiyozli 1-3% stavkalarda kambag’al mamlakatlarga 40 yilgacha muddatga maqsadli kreditlar beriladi. Osiyoda joylashgan rivojlanayotgan davlatlardagi tijorat banklarining kredit mablag’lari qisqa muddatli bo’lganligi uchun, katta investitsion loyihalarni amalga oshirishda OTB ning roli katta.
    OTB a’zo davlatlar tomonidan va o’z faoliyati natijasida olgan mablag’larini asosan Yevropa moliya bozoriga yo’naltirib, keyin u yerdan kredit kelishuvlari asosida belgilangan loyihalarga yo’naltiradi. Ya’ni OTB to’g’ridan-to’g’ri moliyalashtirmasdan, asosan, bilvosita moliyalashtirish printsipi bo’yicha ishlaydi.
    O’zbekiston OTB ga 1995 yilda a’zo bo’lgan. Shundan beri viloyatlarda ko’pgina investitsion loyihalar OTB tomonidan loyihalashtirildi. Bularga quyidagilarni misol qilish mumkim: 2008 yilda OTB tomonidan O’zbekistonga “Farg’ona Zarafshon vodiylarida suv resurslarini boshqarish” loyihasi asosida kredit ajratilgan va 2009-2016 yillar davomida Farg’ona viloyatining “Beshariq”, “Dang’ara”, “Furqat-1” nomli nasos stansiyalari, Namangan viloyatidagi Shimoliy Farg’ona kanalining “Qizil-rovot-2” nomli nasos stantsiyasi, Samarqand viloyatining “Narpay”, “Suvli” nomli nasos stantsiyalari prezident qarori asosida rekonstruksiya qilingan. 2021 yilda esa “Science and Education” jurnalining ma’lumotlariga ko’ra, OTB bilan hamkorlikda gidroenergetika sohasidagi katta investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilib, arzon va ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsad qilingan.




    1. Download 25.43 Kb.
      1   2   3




    Download 25.43 Kb.