II Bob Inson rivojlanishida tabiatning roli haqida qadimgi qo’lyozmalarda yoritilishi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’lka tabiati bilan tanishtirishda ekskursiya mazmuni va turlari, tashkil etish metodikasi.
O'rta Osiyo xalqlari, jumladan o'zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega. Eng mok tabar, qadimgi qo'lyozmamiz «Avesto»xaIqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o'ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma'naviy tarixiy merosidir. «Avesto», ayni zamonda, bu qadim o'Ikada buyuk davlat, yuksak ma'naviyat va madaniyat bo'lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hmjatdir. «Avesto» tabiat, jamiyat va inson o'rtasidagi munosabatlarni ma'naviy, rnhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg'unlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o'rganishga chorlaguvehi falsafadir. «Avesto»da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli ma'lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uyjoy, atrofmuhit, tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to'g'risida tavsiyalar berilgan. «Avesto»da yer, suv, xona, inson tana a'zolari, kiyim KechakJarni toza tutish haqida yozilgan. Atrofmuhit, ko'chalarni, butazorlaru o'tloqlarni, yerni iflos qilgan kishilar jazolanganlar. Shuningdek, muhit tozaligini saqlash va kasalliklarni oldini olish maqsadida axlatlarni, ifloslangan joylarni tosh, tuproq, qum bilan ko'mib tashlash buyurilgan. Asarda kasallik tarqatuvchi hasharotlarni yo'qotish, shuningdek, uy hayvonlarini to'g'ri parvarish qilish yomonlari ham ko'rsatilgan. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso alXorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Buyuk alloma Muhammad ibn Muso alXorazmiy (783850) risolalaridan birida bunday deb yozadi: «Bilingki, daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am, kulfat tushgan bo'ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig' tutmanglar!» Daryoning «yoshli ko'zlari» deganda Muhammad Muso alXorazmiy nimalarni ko'zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo'lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz eng awalo daryo bilan odamlarning «birbirlarini tushunishlari», o'zaro mehrmuhabbat qo'yishlarini nazarda tutgan. 847 yilda Muhammad alXorazmiy «Kitob surat alarz» nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit'alar, qutblar, ekvatorlar, cho'llar, tog'lar, daryo va dengizlar, ko'llar va o'rmonlar, ulardagi o'simlik, hayvonot dunyosi, shuningdek, Yerning asosiy boyliklari hamda boshqa tabiiy resurslar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko'nikmalari va tarixiyhuquqiy bilimlari umumlashtirilgan. 2.1.Abu Nasr Forobiy. O'rta Osiyo xalqlari ijtimoiyfalsafiy fikrlarining eng yirik va mashhur vakillaridan biri Abu Nasrj Forobiyning (873950) ilmiyfalsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha to'liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokkelmanning ro'yxatida Forobiyning turli sohalarga oidi 180 ta asarining nomi keltirilgan. Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug'ullangan bo'lib, uning «Kitob alhajm va almiqdor», «Kitob almabodi alinsonia» («Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»). «Kitob ala'zo alhayvon» («Hayvon a'zolari to'g'risida kitob») nomli asarlari bunga dalil bo'la oladi. Tabiatshunoslikka oid «Odam a'zolarining tuzilishi», «Hayvon a'zolari va ularning vazifalari haqida» kabi asarlarida odam va hayvonlardagi ayrim a'zolarning tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida ham to'xtab o'tilgan. Odam a'zolarining tuzilishi va vazifalari haqida so'z yuritilganda o'zgarishlar, ya'ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining buzilishi oqibatida kelib chiqadi, deb tushuntiriladi. Forobiy tabiiy va inson qo'li bilan yaratiladigan sun'iy narsalarni ajratgan. Shuningdek, u tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilganligini va bunda inson omilining ta'siri katta ekanligini, tabiiy va sun'iy tanlash hamda tabiatga ko'rsatiladigan boshqa ta'sirlarni atroflicha baholagan. 2.2.Abu Rayhon Beruniy (9731048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari, narsa va hodisalarning o'zaro ta'siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba'zi hodisalarni quyoshning ta'siri opqali izohlaydi. Beruniyning fikricha, yerdagi o'simlik va hayvonot olamining yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangan. Lekin o'simlik va hayvonlar doimo ko'payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi. Beruniyning tabiatshunos sifatida quyidagicha fikrlari hanuzgacha o'z dolzarbligini yo'qotmagan: «Ekin va nasi qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi. Garchi dunyo cheklangan bo'lsada, kunlar o'tishi bilan bu ikki o'sish natijasida ko'payish cheklanmaydi. Agar o'simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o'sishiga sharoit boimay, o'sishdan to'xtasa ham, boshqalarida bu ahvol bo'lmaydi. Ular birdaniga paydo bo'lib, birdaniga yo'qolib ketmaydi. Bordiyu yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning ko'payishiga ham, daraxtning o'sishiga ham o'rin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlarni o'toq qilib, keraksizini yulib tashlaydilar». Beruniy asarlarida o'simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo'jalikdagi ahamiyati haqida ma'lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan, «Saydana», «Minerologiya», «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida o'z aksini topgan. Unda Eronning turli tropik o'simlik va hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulqatvori yil fasllarining o'zgarishi bilan bog'liqligi misollar bilan tushuntirilgan. Beruniy yer yuzining o'zgarishi o'simlik va hayvonot dunyosining o'zgarishi bilan, tirik organizmlarning turli hayoti yer tarixi bilan bog'liq bo'lishi kerak, deb hisoblaydi. Qumni kavlab, uning orasidan chig'anoqni topish mumkin. Buning sababi, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo'lgan, deb ta'kidlaydi alloma. Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 hil doridarmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o'simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» asarlarida o'simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o'zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan. Beruniy o'zining tabiiyilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma'lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, ularni tashqaridan ta'sir etuvchi har qanday kuch o'zgartirish qobiliyatiga ega emas, degan xulosaga keladi. 2.3.Abu Ali ibn Sino (9801037) yirik qomusiy olim sifatida tanilgan. Uning 450 ta asari mavjud bo'lib, bizgacha 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shox asari tibbiyot ilmining qomusi bo'lib, o'rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho'qqisi bo'lib hisoblanadi. Ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur «Kitobashshifo», ya'ni «Davolash kitobi» asarida bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, ekologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan. Ibn Sinoning tog'larning vujudga kelishi, yer yuzining davrlar o'tishi bilan o'zgarib borishi, zilzilaning bo'lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. 2.4. Zahiriddin Muhammad Bobur (14831530). Bobur nafaqat shoir balki podsho, ovchi, tarixchi, bog'bon va tabiatshunos bo'lgan. «Boburnoma» asarida Bobur o'zi ko'rgankechirganlari, yurgan joylari tabiati, boyligi, urfodati, hayvonoti, o'simliklarini tasvirlagan. Asarda yer, suv, havoga tegishli xalq so'zlari ko'plab uchraydi. Bobur o'z asarida joyning geografik o'rni, qaysi iqlimga mansubligi, o'simliklari, hayvonlari haqida bayon etgan va O'rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug'doy, o'rik, nok va mevalarning bir necha navlari borligi haqida ta'kidlagan. Asarda Bobur borgan joylarining tabiati va o'ziga xos xususiyatlarini Andijon bilan taqqoslagan, hamda O'rta Osiyo, Afg'oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonot dunyosi haqida batafsil bayon etib bergan.
Ilm - fan, ma`rifat - madaniyat asrlar davomila insoniyat olamida so’nmas mash`al bo’lib, yoritib kelgan. Mamlakatimiz mustaqilligi sharofati bilan bugungi kunda bu mash`al tobora porlab, o’zgacha ahamiyat kasb egmoqda. Bizga ma`lum bo’lmagan tarix zarvaraqlari qatida pinhona yotgan qadpiyatlapimiz, noyob qo’lyozma asarlarimiz, qadimiy yodgorliklarimiz istiklol sharofati bilan tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan teran o’rganilmoqda. Tarix - insonning barkamollik, taraqqiyot yo’li. Moziyii bilmaslik o’zini anglamaslikdir. O’zini anglagan xalqgina buyuk kishilarning nomlarini e`zozlab ruhi poklarini doimo yod etadi. Agar biz o’tmish tariximizga, nazar tashlasak, yashab ijod etgan pedagoglarimiz o’zlari ijod etgan davrlardayoq bolaning har tomonlama usishida, ma`naviy ozuqa beradigan tabiatning noz-ne`matlari uning mo’`jizalaridir deb ta`kidlab o’tganlar. Tarix zarvaraqlarida o’zlarining o’chmas, unutilmas nomlarini qoldirgan buyuk pedagoglar bola tarbiyasida tabiatning ahamiyati. uning bola ruhiyatiga qanday ta`sir qilishi haqida ilmiy fikrlari i aytib utganlar. Ushbu mavzuni o’rganishda biz G’arb pedagoglaridan: Y.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G.Pestolotsiy kabi olimlarning bola tarbiyasida tabiatning tutgan o’rni haqidagi ilmiy asarlari bilan tanishamiz. Rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiyning, "Inson tarbiya predmeta sifatida" asari bilan tanishamiz. Ushinskiy "Meni pedagogikada var var hisoblasangiz ham, lekin men o’z hayot tajribamda shunday xulosaga keldim. Go’zal tabiat yosh qalbga shunday katta tarbiyaviy ta`sir ko’rsatadiki, hatto pedagogikaning ta`siri ham u bilan raqrbatlashishga ojizdir", -degan edi. Bizga ma`lumki, bola dunyoga kelar ekan ilk yoshligidan boshlab tabiat bilan muloqotda bo’ladi. Bu haqda buyuk pedagog olimlarimiz o’zlari yashab o’tgan davrda, bolaning har tomonlama o’sishida ma`naviy ozuqa beradigan tabiatning nozne`matidir deb, ta`kidlab o’tganlar. Biz hozirda o’tmishdagi pedagoglarimizning dono fikrlari va ilmiy asarlariga suyanganmiz o’zimizning pedagogik faoliyatimizda foydalanamiz. O’rta asrlarda tabiat haqidagi tushunchalar Evropa mamlakatlarida deyarli rivojlanmadi- G’arbiy. Yevropada fan tushkunlikka tushgan bir davrda O’rta Osiyo olimlari uni rivojlantirdilar. O’rta asrlarda O’rta Osiyo olimlari hali ekologiya fani umuman yo’q bo’lgan davrda tabiat, undagi muvozanat, tabiatni e`zozlash haqida qimmatli fikrlarni aytganlar. Buyuk alloma, entsiklopedik olim bobokalonimiz Muhammad al-Xorazmiy (783-847) bir risolasida shunday yozadi: "Bilginki, dunyoningko’zlari yoshlansa. uning boshiga g’am kulfat tushgan bo’ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig tutmang". Demak tabiat va uning maxsuli inson uchun ekan, undan oqilona va odilona foydalanish kerak.Yerga, suvga, hayvonlarga bo’lgan munosabatlarimizni yaxshilashimiz bilangina ona tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin. Hayvonlar na`rasiga to’la o’rmonlarni, parrandayu darrandalar makoni to’qayzorlarni zilo ko’llarni va o’tloqlarni qayta tiklashning imkoni bor. Bu ishlarga faqat insongina krdir. Zero, shoir aytganidek: "Mulki jahon ichra xoqon ham uning uzi ya`ni inson, demak tabiatni ham u saqlab kola oladi". O’rta asrlarda Urta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muxammad Muso al - Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanining rivojlanishiga ulkan hissa qushganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e`zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Mana shunday zabardast buyuk allomalarimizdan Muhammad Muso al-Xorazmiy, o’zining "Kitob surat al - arz" asarini Abu Nasr Farobiy (870-810) "al - hajmi va al - mikdor", "Kitob almabodi al - insonia" aerlarini Abu Rayhon Beruniy "Saydana", "Minerologiya" aerlarini Abu Ali ibn Sino, u "Kitob al - shifo", "Tadbir ul - manzil" kabi asarlari!sh yozganlar. Hadisi sharifimizdagi tabiat, tabiatni avaylab asrash, uni ko’paytirish, parvarish qilishga oid bandlari bilan ham tanishib. uni chuqur tahlil qilinadi.
Tabiat tarixi ekskursiyalari tuzatuvchi va samarali bo'lishi uchun ularni ma'lum bir tizim asosida o'tkazish muhimdir. Tabiatda sodir bo'ladigan mavsumiy o'zgarishlarni bolalarga ko'rsatish uchun men yilning har xil davrida bir xil ob'ektlarni tashkil qilaman.
Ma’lumki, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tarbiyachi xilma-xil: og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni qo‘llaydi. U o‘simlik va hayvonlarni, ularning yashash sharoitlarini namoyish qiladi. Bu narsalarni oddiy mashg‘ulotlarda ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shuning uchun tabiat bilan tanishtirish metodikasida mashg‘ulotlarni to‘ldiruvchi maxsus shakllar qo‘llaniladi. Ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi mashg‘ulotlar turidan biridir. U tabiat bilan tanishtirish metodlarining ko‘rgazmali metodiga kiradi. Ekskursiya vaqtida bola tabiat hodisalarining mavsumiy o‘zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, tabiatning insonning hayot va talablariga muvofiq o‘zgarayotganini hamda atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga imkon beradi. Ekskursiya mashg‘ulotlarining afzalligi yana shundaki, unda bolalar o‘simlik va hayvonlarni ular yashaydigan muhitda ko‘rish hamda tabiatda mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalar haqida dastlabki dunyoqarash, tasavvurlarini, olamni materialistik tushunishni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tarbiyachi rahbarligida o‘rmon, dala, daryo va ko‘l qirg‘oqlariga uyushtirilgan ekskursiya bolalarning diqqatini jalb qiladi, tabiat burchagida olib boriladigan keyingi kuzatishlarga xilma-xil material to‘plashga sharoit yaratadi. Ekskursiyalarda bolalarda kuzatuvchanlik, tabiatni o‘rganishga qiziqish o‘sadi. Ular narsalarni sinchiklab kuzatish va uning xarakterli xususiyatlarini qayd qilishga odatlanadilar. Tabiatning go‘zalligi bolalarda estetik hissiyotlarning o‘sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish shakllanadi. Ekskursiyalar mazmuniga ko‘ra shartli tarzda ikki turga bo‘linadi: tabiatga uyushtiriladigan ekskursiya — bog‘, o‘rmon, daryo, o‘tloq, shuningdek, hayvonot bog‘i, botanika bog‘iga (bular turli mavsumda o‘tkaziladi) ekskursiyalar hamda qishloq xo‘jalik ekskursiyasi — dala, parrandachilik fabrikasi, bog‘, ekinzor va shu kabilarga kattalarning mehnati bilan tanishish maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalar. Ekskursiya mashg‘ulot turi sifatida o‘rta, katta hamda tayyorlov guruhlarida o‘tkaziladi. Har bir ekskursiya uchun barcha bolalar egallashlari shart bo‘lgan dastur mazmuni belgilanadi.
Ekskursiya joyini mustaqil ishlar uyushtirish usuli-bilan o’rganadilar o’quvchilar mo’ljallangan o’simlik yoki hayvonni mustaqil o’rganiladilar, material yig’adilar.Bu ishlar yuzasidan o’quvchilar tegishli topshiriq olgan bo’lishlari kerak. Topshiriq aniq, qisqa va o’quvchilar uddalay oladigan bo’lishi kerak. Bu topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Ekskursiya davomida o’quvchilarning maxsus daftar yuritishlari zarur. Ular daftarga o’zlari olib borgan kuzatish natijalarini o’rganilgan va yig’ilgan o’simlik yoki xayvonning nomlari, xarakterli belgilari va xususiyatlari, qanday sharoitda uchragani, hamda boshqa tafsilotlarni yozib boradilar.
2. Ekskursiya ob’ektlarini o’rganish oxirida mashg’ulotga dastlabki yakun yasaladi, bunda o’rganilgan o’quv materiali qisqacha takrorlanadi, mustaqil ish bo’yicha topshiriqlarning qanday bajarilganligi to’g’risida zveno (gruppa) boshliqlarining axborotlari tinglanadi, o’kuvchilar faoliyatidagi ijobiy va salbiy tomonlar qayd qilinadi.
3. Ekskursiya davomida yoki unga yakun yasalayotganda o’quvchilar mavzuga bevosita aloqador bo’lmagan xilma-xil savollar berishlari mumkin. Bunday xollarda qanday yo’l tutish kerak? Agar har qanday savollarga to’liq javob beriladigan bo’lsa, asosiy mavzudan chekinishga to’g’ri keladi. Javob qisqa va aniq bo’lsin.
4. Ekskursiyadan qaytish unga borish tartibida bo’ladi; ekskursiyaning yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda bo’lmog’i lozim. Tarbiyachi ekskursiyaning tamom bo’lganligi to’g’risida e’lon qiladi.
5. Ekskursiyadan yig’ib kelingan materiallar ularni kelgusida o’rganish uchun tartibga solinadi.
Ekskursiya materiallarini ishlash va undan foydalanish
Ekskursiya materiallarini ishlash 2 xil bo’ladi:
1. Boshlang’ich ishlash: Bu ishda material topish bilan o’z vaqtida yozish, xayvonning nomi topilgan sanasi, yashash sharoiti qisqacha yoziladi. Issiq kunlarda efirga paxtaga xo’llab xayvonni og’ziga tiqiladi.
2. Keyingi ishlash: – Bu ishda material tartibga solinadi. Bu yerda kundaliklar tartibga solinadi, etiketka yoziladi. Sudralib yuruvchilarning qornini yorib formalin yoki spirt qo’yiladi. Dalada nomini bilmagan materialni markazga keltirib aniqlagich bilan aniqlab yoziladi.
Ekskursiyadan olib kelingan materiallar:
A) Dars vaqtida mahalliy material sifatida foydalaniladi;
B) To’garak ishlari uchun yaxshi material bo’ladi;
С) Biologiya kabinetini boyitishda ishlatiladi;
D) Foto ko’rgazma tashkil etishda foydalaniladi;
E) o’kuvchilar o’rtasida ma’ruza qilish uchun foydalaniladi.
Yuqoridagi qayd qilingan ma’lumotlarga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish mumkin.
1. Ekskursiya davomida o’quvchilar o’simliklar olamining turli-tumanligini, ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni chuqurroq idrok etadilar.
2. Tabiatni ilmiy nuqtai nazardan tushunishga imkon beradi.
3. Bundan tashqari, tabiiy landshaftlar bilan tanishish jarayonida tabiat go’zalliklaridan voqif bo’lish orqali o’quvchilar talaygina estetik tarbiya oladi, turli xil daraxt, buta, o’t o’simlik urug’larining respublikamizda qishlovchi qushlarga ozuqa bo’lishidan xabardor bo’ladilar.
4. Ekskursiya paytida o’quvchilar tabiat biotsenozlarining bir butunligi to’g’risida tasavvurga ega bo’ladilar. O’simlik bilan tuproq, suv, harorat o’rtasidagi bog’lanishdan xabar topadilar, shu yo’l bilan ozuqa zanjirlari haqida dastlabki bilimga ega bo’ladilar.
5. O’simlik va hayvonlar bilan o’kuvchilarning tabiiy sharoitda tanishi, ularning bilimini kengaytirish, chuqurlashtirishdan tashqari, biologiya o’quv predmetini o’rganishga bo’lgan xavasini orttiradi.
Biologiyadan ekskursiya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish masalalari
Shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishda ekskursiya mashg‘ulotlarining ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Oddiy qilib aytganda – ochiq havoda dars o‘tishga aytiladi. Biologik ekskursiyalar sinfdan tashqarida: tabiatda, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish ob’ektlarida va boshqa joylarda (botanika bog‘i, fermer xo‘jaliklari, muzey, ilmiy tadqiqot muassasalari kabilarda) o‘tkaziladigan o‘quv xarakteridagi mashg‘ulotdir Ekskursiya bolalarni tabiatni o'ziga xos hodisa va voqealari bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu bilan qatorda insonlarni tevarak-atrofdagi o'zgartiruvchi faoliyatining natijalari bilan ham tanishtirib boradi. Bu esa kishilarning yaratuvchanlik faoliyatiga hurmatini tarbiyalaydi va unda qatnashish xohishini uyg'otadi, o'z o'lka tabiatidan, unda yashovchi mehnat ahlidan g'ururlanish hissini mustahkamlaydi.
Ekskursiya. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta'lim berishning tashkiliy formalaridan biri ekskursiyadir. Ekskursiya jarayonida bolalar ona tabiat to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'ladilar. Bu tasavvur tabiatni ko'rish, eshitish, sezish orqali idrok etiladi. Ekskursiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat, undagi bog'liqlik va uning qonuniyatlari to'g'risida realistik tasavvurlar hosil bo'ladi. Bu tushunchalar keyinchalik bolalar egallaydigan ilmiy bilimlarning asosini tashkil etadi, maktabda o'rganiladigan tabiiy fanlarni o'zlashtirib olishniosonlashtiradi. Tabiat to'g'risidagi bilimlardan bexabar bo'lish ko'pincha o'simlik va hayvonlarga nisbatan noto'g'ri, ba'zi hollarda esa berahm va shafqatsiz munosabatda bo'lishga olib keladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning mazmuni va uni tanlash tamoyillari. Ekologik ta‘lim-tarbiya tizimi asoslariga tabiat yaxlitligi hamda atrof muhitning inson tomonidan o‘zgartirilishi haqidagi tasavvurlar qo‘yilgan. Bunda tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ta‘lim jarayoni oliy o‘quv yurtlarida hozirgi zamon ommaviy axborot vositalaridagi uzluksiz jarayon sifatida qaraladi. U umumiy vazifalar bilan uyg‘unlashadi hamda mutaxassislik tayyorgarligi bilan bog‘liq holda tabaqalashtiriladi. Uning umumiy nazariy ko‘rsatmalari o‘quv rejasining turli qismlarida aks etgan bo‘lib, ma‘ruza matnlari, elektron darsliklar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari mazmunida o‘z ifodasini topadi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning jarayoni har tomonlama rivojlangan shaxs ma‘naviy qiyofasini kamol topish jarayonining muhim va tarkibiy qismidir. U Bolalarda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida tabiatga ongli munosabat, tabiat zaxiralarini saqlash va ko‘paytirishga oid mas‘uliyat tuyg‘usi, ekologik muammolarni amaliy hal qilishdagi ko‘nikmalarning rivojlantirilishini o‘zida qamrab oladi.
Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlikni tarbiyalash va shular orqali tabiatga qiziqish, vatanparavarlik, mehnatsevarlik, tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko'paytiruvchi, kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati kattadir.
Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki, uni bolalar har kuni ko'radilar. Tarbiyachi rahbarligida bolalar tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlarni sistemali ravishda kuzatib va parvarish qilib boradilar, Natijada o'simlik va hayvonot dunyosining rang-barangligi, ularning o'sishi va rivojlanishi, ular uchun qanday shart-sharoitlar kerakligi to'g'risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab boradilar. Tarbiyachi bolalarni solishtirma analizga o'rgatadi, ular o'rtasidagi umumiylik va farqlarni, ularga xos belgilarni bilib oladilar.
Tarbiyachi bolalar diqqatini o'simliklarning chiroyli gullashiga, barglarining shakli va tusiga, akvariumdagi baliqlarning chiroyli ko'rinishiga va chaqqon harakatiga jalb etadi. Natijada bolalar bu go'zallikdan quvonishga o'rganadilar hamda ularning estetik didi o'sadi.
Bolalar tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlarni tarbiyachi rahbarligida sistemali ravishda kuzatib, parvarish qilib borishlari natijasida ma’lum malaka va ko'nikmalarni ham egallab boradilar, ularga nisbatan barqaror qiziqish va g'amxo'rlik hissi uyg'onadi. Bolalarning tabiatga mehr-muhabbatini o'simliklar va hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrab-avaylash bo'yicha mehnat faoliyatlarini tashkil etish bilan birga qo'shib olib borish kerak. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishini ularning yosh xususiyatlari, pedagogik, fiziologik imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda tashkil etadi.
Muhammad alayhissalom hadislarida bu ishning savobi xususida quyidagilar aytilgan: "Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda, behosdan qiyomat qoim bo'lib qolishi aniq bo'lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo'ying". Inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklashi uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar ham ona-tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a'zo bo'lmaganday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo'q. Ularning hammasi hayot uchun zarur.
Yer yuzi ekologiyasi keskin buzilmoqda. Daraxtlarning kesib yuborilishi, qush va hayvonlarning shafqatsizlik bilan ovlab yo'q qilinishi tabiat muvozanati qonunlarining buzilishiga sabab bo'Idi va bo'lmoqda. Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari quyilib, yer yuzidagi suv ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson uchun quyosh nuri, toza havo, toza suv naqadar zarur bo'lsa, ona zamin ham shunday zarur, uni asrab-avaylash insonning o'z qo'Iidadir.
Atrof - muhitning tozaligini ta'minlash o'zimizga bog'liq, biz katta-yu yosh toza havodan bahramand bo'lish uchun shahrimizga ko'chat ekib, ko'kalamzorlashtirsak, uning ozodaligini saqlasak o'zimizning sog'lig'imizni saqlagan bo'lamiz. Bahor faslida ko'chat ekish oyligi o'tkaziladi. Shunday ekan, nihollarni yaxshi niyat bilan ekish, parvarishlash, gullar ekib o'stirish har bir o'quvchi va kattalarning insoniy burchidir.
O'zbek xalqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish, chiroyiga chiroy, ko'rkiga-ko'rk qo'shishi odatlari bor.
Inson tabiatdagi har bir giyoh, o't-alaf, dov-daraxt, parranda-darrandalarni, olamda nimayiki kerakli bor narsani zarur deb biiadi. Ota-bobolarimiz zilol suvni, buioqlarni, so'lim daraxtzorlarni, qoya-g'orlarni, xosiyatli o't-o'Ianlarni, gul- giyohlarni muqaddas bilib asrashga, niyati порок kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoqosti qilmaslikka alohida e'tibor berib kelganlar. Avvalo, har bir inson yer yuzidagi o'simliklarni ko'paytirishga hissa qo'shishi, kamaytirishdan o'zini tiyishi lozim. O'simliklarni ko'paytirishning birdan bir yo'Ii - mevali va manzarali daraxtlarni iloji boricha ko'proq ekishdir. Ularni parvarish qilish, bog'-rog'lar yaratish har bir inson uchun xayrli ish bo'lishi bilan birga, savobli ish hamdir. Xalqimiz bog' yaratgan odamlarni hech qachon esidan chiqarmaydi. Go'zal bog'lar yaratish, yurtni gullar bilan burkash qadimdan eng yaxshi odatlarimizdan biri bo'lib kelgan.
Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining qimmatli va nodir yozma yodgorliklaridan biri Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida Amir Temurning davlat faoliyati va harbiy yurishlari bayon qilinishi bilan bir qatorda, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida O'rta Osiyodagi madaniy hayotga doir bir qancha noyob ma’lumotlar ham keltirilgan.
Ajdodlarimizning yuksak did va nafosat nigohi bilan yaratilgan bog'-rog'lari, ulkan qurilishlari hozirgi kunda ham Samarqand-u Buxoroni, ko'hna Urganch, Xivani bezab, Yer yuziga zeb berib turibdi. Bu nodir obidalar bobokalonlarimiz el-yurt obodonchiligiga alohida e'tibor qilganliklaridan dalolat beradi. ''Zafarnoma”da Sohibqiron Amir Temur tomonidan barpo etilgan "Bog'i shamol", "Bog'i dilkusho", "Shahrisabz qo'rg'oni" va Oqsaroy kabi obidalar haqida batafsil hikoya qilinadi.
Bunday misollarni keltirishimizdan maqsad o'tmish ajdodlarimizdan bizgacha urf-odat bo'lib yetib kelgan obo- donchilik ishlaridan hozirgi yoshlarni xabardor etish, ularni ana shu ishlar misolida tarbiyalashdir. Ular ham Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi el farvonligi, yurt obodligi uchun kurashuvchi zabardast o'g'il-qizlar, oliyhimmat inson, tabiatga mehr-muruvvatli kishilar bo'lib yetishsinlar. Maktabga tayyorgarlik guruhida jonsiz tabiat hodisalarining muntazam o'zgarishi, ularni yanada tizimlashtirish va umumlashtirish to'g'risidagi bilimlarni aniqlashtirish va kengaytirish asosiy vazifadir. Fasllarning o'zgarishi, kecha va tun davomiyligining ko'payishi (yoki kamayishi), havo haroratining muntazam o'zgarishi, yog'ingarchilikning tabiati haqida g'oyalarni shakllantirish kerak. Bolalar har bir hayvon va o'simlik ma'lum yashash muhitiga moslashganligi to'g'risida aniq g'oyalarni rivojlantiradilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar o'simliklar va hayvonlar hayotidagi mavsumiy o'zgarishlarni o'rganadilar, ularning ehtiyojlari bilan yilning turli davrlarida qondirish darajasi o'rtasidagi bog'liqlikni o'rnatadilar. O'simliklar va hayvonlarning o'sishi va rivojlanishi, ularning asosiy guruhlari to'g'risida bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish (yashash joylari va bosib olingan hudud sharoitlariga moslashish xususiyatiga ko'ra - o'rmon, o'tloq, suv ombori, dala va boshqalar). vaqtinchalik va sababiy munosabatlarni chuqurroq anglashga asoslangan tabiat. Tabiatdagi kattalar ishi to'g'risidagi bilimlar o'simliklar va hayvonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarurligini anglash asosida tizimga solinadi.
Xulosa va tavsiyalar
Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o‘tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo‘ladi. Sayr vaqtida tabiat xodisalarini kattalar mexnatini bolalar bilan yalpi kuzatish o`tkaziladi. Vaqti-vaqti bilan kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarga ularga ma'lum, ular sevib qolgan adabiy asarlarni o`qib beradi. Kundalik hayotda bolalar bilan turli metodlardan foydalanib olib boriladigan ta'limiy ishlar barcha hollarda uning asosiy shakli-mashg`ulot bilan uzviy bog`liqdir. Shu maqsadlarda kundalik pedagogik jarayonda o`qitishning bolalarning uncha katta bo`lmagan miqdorini qamrab oluvchi guruxli shakli qo`llaniladi. Keyin harakatli o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish, turli-tuman ijodiy o‘yinlar tashkil etiladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo‘lgan talabini to‘la qondirishi, bolalarda ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak. Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi. Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlikni tarbiyalash va shular orqali tabiatga qiziqish, vatanparavarlik, mehnatsevarlik, tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko'paytiruvchi, kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati kattadir. Shu bilan birga bolalar bilan ekskursiya chog’ida ular o’rtasidagi o’zaro do’stlik rishtalari yanada mustahkamlanadi. Tabiat qo’ynidagi birgalikdagi mehnat jarayoni ularning o’rtasidagi mehrni rttiradi.
Tavsiyalar
-Ekskursiya jarayonida eng muhim bo’lgan jihat bolalarning aqliy qobilyatlari yana ham rivojlanishini hisobga olib bu ta’lim shaklini muntazam olib borish;
- Tabiatdagi jonli va jonsiz borliq bolalarning idrokini, tasavvur dunyosini kengaytiradi. Shu sababli ota-onalarga imkon qadar uy sharoitida tabiat burchagi tashkil etishni tavsiya etamiz.
|