• Kurs ishi vazifasi
  • Kurs ishi metodi
  • Kurs ishi ahamiyati
  • I Bob Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi 1. Tabiat bilan tanishtirish texnologiyalari faninng maqsad va vazifalari
  • Osiyo xalqaro universiteti




    Download 71,06 Kb.
    bet2/5
    Sana23.01.2024
    Hajmi71,06 Kb.
    #144078
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi

    Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llarining o’ziga xos va muhim tomonlarini o’rganish.
    Kurs ishing predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llarining foydalanish vositalarini, shakllarini, metodlarini tadqiq etish.
    Kurs ishi vazifasi: Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarning bajarilishini taqozo etdi:
    1. Mavzuga oid ilmiy, huquqiy-normativ manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;


    2. Kurs ishi materiallari doirasida tavsiyalar ishlab chiqish;




    Kurs ishi metodi: kuzatish, ma’lumotlar to’plash, tahlil ,suhbat.
    Kurs ishi ob’yekti: Termiz shahridagi 7-MTT tarbiyalanuvchilari va tarbiyachi pedagoglar.
    Kurs ishi tuzilishi: Mazkur kurs ishi Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llarining tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarni tashkil qilishga oid manbalar va uslubiy tavsiyalarni o’z ichiga oladi.
    Kurs ishi ahamiyati: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llarining shakl va metodlarning faoliyat ishlanmalaridan malaka oshirish kurslarida, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari faoliyatida hamda ota-onalar uchun ham amaliy faoliyatida keng foydalanishlari mumkin. Bolalarda tabiatga nisbatan e’tiborli bo’lishga va tabiatga, vatanga mehr-oqibat sifatlarini shakllantirishga yordam beradi. Psixologlar, pedagoglar va metodistlar tajribali tarbiyavchilar mazkur kurs ishidan faoliayatlarni tashkil etish yo'llari, shakllari hamda uslublarini o’rganadilar va keng foydalanadilar.

    I Bob Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi
    1. Tabiat bilan tanishtirish texnologiyalari faninng maqsad va vazifalari
    Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni ma'naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Uning maqsadi, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, Vatanga mehrli bo'lish, ekologik ta'limtarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalashdir. Tabiat bilan tanishtirish metodikasining vazifasi o'quvchilarni tabiat bilan tanishtirish usullari, ish shakllari, shuningdek pedagog, psixolog olimlar va mutafakkirlarning tabiatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlari bilan tanishtirish va nazariy bilimlar berishdan iborat. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani pedagogikaning bir qismidir, chunki tabiat bilan tanishtirish orqali barcha tarbiya turlari amalga oshiriladi. Tabiat bilan bolalarning yosh xususiyatlari, fizioiogik tuzilishlarini hisobga olgan holda tanishtiriladl Shu bilan birga turli yosh guruhlarda ularning qiziqishlan, aobiliyatlari, ehtiyojlari, xarakter hislatlari, iste'dodlari hisobga olinadi. Bola a'zolarining tuzilishi — oliy nerv sistemasi, ichki a'zolari, tana tuzilishi, yoshga qarab hosil bo'ladigan o'zgarishlar tabiat bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan ko'rinib turibdiki, bu kurs bolalar fiziologiyasi fani bilan ham bevosita bog'langan. Biologiya fani tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosini tashkil etadi. Chunki biz bolalarni jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, yilning turli fasllari bilan tanishtiramiz. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani falsafa, biologiya, pedagogika, psixologiya, fiziologiya va barcha metodikalar bilan bog'liq holda birbirini to'ldirib, mustahkamlaydi. Bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o'simliklar va hayvonlar, inson mehnati haqidagi tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish hamda boyitish, shuningdek, o'simliklar o'stirish, hayvonlarni parvarish qilishda bolalarda oddiy ko'nikmalar hosil qilish ta'lim berishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bunda bolalarda kuzatuvchanlik, bilimga qiziqish, tafakkur va mantiqiy nutq rivojlanadi, so'z boyligi ortadi, yangi tushunchalar hosil bo'ladi. Bolalarda mehnatni sevish, o'zgalar mehnatini qadrlash, o'simlik va hayvonlarni asrash, ularni parvarish qilish, o'z Vatanini, tabiatni sevish, tabiat go'zalliklarini ko'ra olish kabi hislatlarni o'stirish orqali tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan yaqindan tanishtirmasdan turib, bolalarni jismonan rivojlantirish, nutq va tafakkurlarini boyitish vazifalarini amalga oshirish mumkin emas. O'simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to'g'ri o'sib shakllanishida, tabiatda bo'ladigan voqeahodisalarning sirasrorini o'rganib voyaga yetishida katta manba bo'lib xizmat qiladi. Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat dcyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o'smaydi, ko'paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas. Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o'sadilar va ko'payadilar. Jonli tabiat vakillari o'simlik, havo, suv, yorug'lik, issiqlik va ozuqa bo'lmasa yashay olmaydi. Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma'naviy boyitishning bitmastuganmas manbaidir. Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashda ekologik ta'limtarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o'ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o'z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg'otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma'naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi. Biosfera yerda hayot paydo bo'lgandan boshlab, uzoq tarixiy davrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Yerning tirik organizmlar va biogen cho'kindi tog' jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.l.Vernadskiy biosfera (yunoncha — «bios» — hayot, «sfera» — shar) deb nomlagan. Biosfera sayyoramizning «hayot qobig'i» hisoblanib, tirik organizmlarning o'zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuini tashkil etadi. V.l.Vernadskiy tushunchasiga ko'ra hozirgi vaqtda biosferaning tarkibiga faqatgina yerning qobig'ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo'lgan litosfera qismi ham kiradi. Shuning uchun ham biosfera neobiosfera va polebiosfera kabi tarkibiy qismlarga ajratiladi. Biosfera murakkab harakatdagi tizim ekan, unda moddalar almashinuvi natijasida energiyaning qabul qilinishi, to'planishi va o'tkazilishi kabi jarayonlar boradi. Biosfera funksional nuqtai nazardan bir necha qatlamlardan tashkil topgan. Biosfera yer sharidagi eng yirik ekotizim bo'lib, u quyi darajalardagi kichik tizimlarga bo'linib ketadi. Bular quruqlik va suv havzalari, okeanlar, metosferaning yuqori qatlami, atmosferaning quyi qatlamlari, bundan tashqari quruqlikda evolyutsiontarixiy tizimlar sifatida biogeografik tabiiy mintaqalar, biomlar, landshaft zonalar, ayrim landshaftlar va hokazolarga ajraladi. Biosferaga katta doiradagi biotik moddalarning aylanishi xarakterlidir. Biosferaning umumiy vazni 3 1024 bo'lganda, tirik modda 1,8—2,5 10l8g (quruq vazni)ga teng bo'ladi. Biosfera tushunchasi fanga 1875yilda avstraliyalik zoolog E.Zyuss tomonidan kiritilgan. Biosfera haqidagi ta'limot esa akademik V.l.Vernadskiy tomonidan yaratilgan. Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig'indisini V.l.Vernadskiy «tirik modda» deb atadi. «Tirik modda»ning eng muhim xususiyatlari uning umumiy vazni, kimyoviy tarkibi va energiyasi hisoblanadi. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi «o'lik modda» bo'lib, V.I.Vernadskiyning aytishi bo'yicha tirik organizmlar qatnashadigan biosferadagi moddalar yig'indisidan hosil bo'ladi. Biosferada «oraliq moddalar» ham mavjud bo'lib, ular o'lik va tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo'ladi.
    Ekologiya. Bugungi kunda ekologiya fani tushunchasi har bir kishining ongiga singib bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va oynaijahon kok rsatuvlarida hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayotgan sa'yharakatlar haqida ma'lumotlar beriladi. Ekologiya tushunchasi yunoncha so'z bo'Iib, «eko» — uy, makon va «logos» — fan degan ma'noni bildiradi. Tabiiy uyimizni o'rganish deganda, albatta, undagi barcha tirik organizmlar va jarayonlarni o'rganish, ya'ni ushbu uyni yoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saqJash kabi masalaiar tushunilishi kerak. Ekologiya fani ham biologiya, gcografiya fanlari singari mustaqil fan hisoblanadi. (J tirik organizmlaming yashash sharoiti va ularni o'zi yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o'rganadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo'Iib 1866yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfcra kabi tushunchalarekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to'rt bo'limga bo'Iib o'rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfcra. 1. Autekologiya («autos» — yunoncha so'z bo'Iib, «o'zi» degan ma'noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o'zaro munosabatini, ularning qanday muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini o'rganadi. 2. Populyatsiyalar ekologiyasi («papulyason» — fransuzcha so'z bo'Iib, «aholi» degan ma'noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini, ma'lum sharoitda turii organizmlar sonining o'zgarish (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi. 3. Sinekologiya («sin» — yunoncha so'z bo'Iib, uning ma'nosi «birlikda» demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarini o'zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o'rganadi. 4. Ekotizimlarning tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta'limotni vujudga keltiradi. Bugungi kunga kelib ekologiya fani aniq biologik fanlar tizimidan chiqib, atrofmuhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta'siri natijasida o'ta kengayib ketdi. Fanga «inson ekologiyasi» degan atama ham kirib keldi. Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. 1921 yilda amerikalik olimlar Bortes va Park tomonidan «Inson ekologiyasi» degan yangi fan kiritildi. Dastlab, inson ekologiyasiga tabiiy soha bo'limi sifatida qaralib, keyinchalik lining ijtimoiy, texnik, me'moriyiqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o'rganildi. Inson ekologiyasi insonning atrofmuhitga va aksincha, atrofmuhitning insonga ta'sirini o'rganadi. Inson ekologiyasini o'rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga kcladi. Unga birinchi bo'Iib Raderik Mak Kenzil ta'rif bergan. Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan bin hisoblanib, uning maqsadi inson bilan atrofmuhit o'rtasidagi xususiy bog'lanishlarni o'rganishdan iboratTabiat — bitmas-tuganmas xazinadir. O‘simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi. Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas. Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yorug‘lik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi. Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma’naviy boyitishning bitmastuganmas manbaidir. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda ekologik ta’lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an’analariga hurmat ruhida tarbiylashga, yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
    Yosh avlodni yetuk mutaxassislar, aqlan, ruhan kamol topgan, o’z Vatanini sevuvchi, uni e`zozlovchi inson qilib tarbiyalashda ushbu sohaning o’rni beqiyos. Bola shaxsining mukammal shakllanishda tabiat, unda bo’ladigan voqea hodisalar, tabiat qonuniyatlari muhim rol oynaydi. Bolalar mana shular bilan tanishar ekanlar ham aqlan, ham axloqan, ham jismonan, ham ilmiy dunyo qarashlari mujassamlashib, shakllanib boradi va ular tabiatini asrash, extiyot qilish va muhofaza kilish ruhida tarbiyalanadilar. Inson tabiat mahsulidir. Insonni tabiat yaratgan, kamol toptirgan. Shunday ekan. biz tabiatni e`zozlashimiz, unga to’g’ri munosabatda bulib, tabiatni yana ham ko’rkamligiga, abadiyligiga uz hissamizni qo’shishimiz zarur. Yosh bolalarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalash turli omillar asosida amalga oshiriladi. Buning eng samaralisi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishdir. Sababi inson go’dakligidanoq, qoynida o’sadi, ulg’ayadi kamol topali. Bolani go’dakligidan boshlab tabiatdan zavq olishga. tabiatga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatib borishimiz zarur. Bu kursni o’qitish jarayonida talabalar tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining tashkil topishga xissa qo’shgan pedagog psixologlarning ilmiy-pedagogik faoliyatlari bilan ham tanishadilar. Sharq mutafakkirlarining tabiat hayotida insonniig tutgan o’rni haqidagi fikrlari va ilmiy asarlarini o’rganadilar. Talabalar tabiat burchagida, haynovot olami, yer maydonchasida o’sadigan o’simliklar dunyosi haqida bilimga ega bo’ldilar hamda ularni parvarish qilishning ko’nikma va malakalarini egallaydilar. Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ekologik muammodir. Shu sababdan ham bolalar bog’chalarida ham ekologik ta`lim-tarbiya berishga alohida e`tibor berilmoqda. Tabiat bilan tanishtirish metodika fanida talabalarga ekologik ta`lim-tarbiya berish usullari, «Qizil kitob» haqida qisqacha ma`lumot va «Qizil kitob»ga kiritilgan, noyob o’simlik va hayvonot olami haqida ham bilim berishga katta o’rin berilgan. Shunindek, talabalar bolalar boqchasilagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish sohasidagi yangi tajribalarni ham o’rganib olishlari zarur Buni ular o’sha boqchalarda amaliyotda bo’lgan davrlarida o’rganadilar. Bolalarni tabiat qonun-qoidalari bilan tanishtirishning ahamiyati shundaki, ularning to’g’ri o’sib ulg’ayishiga, tabiatda bo’ladigan voqea-hodisalarni ilmiy asosda tushunishga olib keladi. Bu bolaning shakllanishida, tabiatga, ona-Vatanga, tabiat boyliklariga bo’lgan mehr-muhabbatni oshiradi. Darhaqiqat, tabiatni muhofaza qilish ayrim kishilarning ishi deb qaralmasdan barchamizning ishimiz ekanligi zedan chiqarmasligimiz kerak. Bog’cha yog’adagi bolalarning xar tomonlama kamol topishida tabiat bilan tanishtirishning o’ziga xos tarbiyaviy xususiyatlari bor. Bu jarayon turli vositalar, metodlar orqali amalga oshiriladi.



    Download 71,06 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 71,06 Kb.