• Kurs ishi obyekti
  • Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati
  • Kurs ishi tuzilishi.
  • Osiyo xalqaro universiteti




    Download 219,5 Kb.
    bet2/8
    Sana23.01.2024
    Hajmi219,5 Kb.
    #144081
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Bolalar o\'yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. Ijodiy o\'yinlarning o\'ziga xos xususiyatlari. Didaktik o\'yin turlari
    1,Tibbiy va biologik fizika (Remizov A.N.) - 2005 у. (1), I bob. Sotsial psixologik g’oyalarning shakllanish tarixi, Документ Microsoft Word, 1352574181 35887, 1355657573 41186, 1444148413 61812, 1484125970 67416, 1662925579, Barcha testlar DTIY, MUSTAQIL ISH YUZI11, ТЕСТ. намуна, 1-kurs Noorganik kimyo(farma uz) Boltayeva, 1-kurs Tibbiy biologiya(davolash stom uz) Shukurova Sh (2), 2-kurs Biologik kimyo(davolash uz) Amonova H, 1111
    Kurs ishining maqsadi: Bolalarni o’yinini tashkil etishda pedagogning o’rni va ahamiyatini o’rganish.
    Kurs ishining vazifalari:

    • Bolalar hayotini tashkil etishda o’yinning roli.

    • Ijodiy o'yinlar va ularning turlari

    • Bolalar o'yinlarida tarbiyachining rahbarlik qilishi.

    • Tarbiyachining rahbarligi yordamida o’yinlar orqali jamoa qilib tarbiyalash.

    Kurs ishi obyekti: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining tarbiyalanuvchilar bilan olib boradigan o’yin faoliyati.
    Kurs ishi predmeti: Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli o‘ziga xosligining mazmuni.
    Kurs ishi metodlari: ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalandik.
    1) Kuzatish
    2) Suhbat.
    3) Savol javob.
    4) Tajriba
    Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Ushbu ishimizda, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimi konsepsiyasi mohiyatini va uning ahamiyatini o`rganib chiqamiz va tahlil qilib ma`lumotlar yig`amiz. To`plangan ma`lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo‘lajak mudiralar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
    Kurs ishi tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
    I BOB O'YINNING MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI PEDAGOGIK JARAYONIDAGI O'RNI.
    1.1.Bolalar hayotini tashkil etishda o’yinning roli.
    O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkilotisi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma'qul.
    O‘yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o‘yinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A. P. Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish — ularni to‘g‘ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni 502 tarbiyalashning o‘yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o‘yinda bola yashashni o‘rgapmaydi, balki o‘z hayoti bilan yashaydi». O‘yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg‘ulot o‘rtasida bolalar o‘yiniga 8—10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko‘pincha avval boshlagan o‘yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o‘ynashlari uchun 1 soat—1 soatu 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o‘yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko‘proq syujetli-rolli o‘yinlarni, qurilish materiallari, qo‘g‘irchoqlar bilan, stol usti o‘yinchoqlari o‘ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o‘yinlardan ham foydalaniladi. Ammo o‘yin bilan ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik bola ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi. Kichik guruhda o‘yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg‘ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o‘zlarida maktabdagi o‘qishga ishtiyoq uyg‘onib qoladi. Ammo bolalar uchun o‘yinning qadri yo‘qolmaydi, balki mazmuni o‘zgaradi. Endi bolalarni ko‘proq fikriy faollikni talab etuvchi o‘yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o‘yinlar qiziqtira boshlaydi. Pedagogika fani o‘yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O‘yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko‘nikmalari, harakat usullarini, axloq normalari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O‘yinda bolaning o‘z tengdoshlari va kattalar bilan bo‘ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi. Bolalarning o‘yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon» o‘yinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir. Bunday o‘yinda bolalar o‘rtog‘ining o‘yiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga o‘ynab, «yonma-yon» o‘tirganlaridan xursand bo‘ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o‘yini kattalar rahbarligida ularning xulqiga ta’sir etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar o‘yin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo‘ladi. Bu davrga kelib bolalardan kimning qaysi o‘yinga qiziqishi aniq bo‘la boshlaydi, bir xil bolalar didaktik o‘yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o‘yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy o‘yinlar ma’qulroq bo‘ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o‘yin bilan uzoqroq o‘ynashga o‘rgatishdir. Uchinchi bosqichda o‘ynovchi bolalar guruhi bir-biriga do‘stona munosabat va o‘zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga o‘ynovchilar soni ko‘p bo‘lmasa-da, bolalar qiziqib o‘ynaydilar. Bu davrga kelib birbirlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning o‘yinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga keltirishi, ularda o‘zaro yordam, o‘rtoqlik, do‘stlik munosabatlarini shakllantirishi lozim. Bolalarning o‘yinlari qiziqarli, mazmunli bo‘lishi uchun o‘yinning hamma turlaridan o‘rinli foydalanilsa, bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishiladi. Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodikasini egallagan bo’lishi o’yinlarni muvaffaqiyatli o’tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Pedagog o’yin faoliyatiga rahbarlik qilar ekan, bolalarni asta – sekin va “sezdirmasdan” qiziqarli o’yin vazifalarini bajarishda mustaqillik va topqirlik ko’rsatish, yuzaga kelgan o’yin vaziyatida chaqqon va intilib harakat qilish, o’rtoqlik yordami berish, hamma uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga va bunday quvonishga o’rgatib boradi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida do‘stlikka, haqqoniylikka, o‘rtoqlarini javobgarlikni sezishga asoslaigan munosabatlar o‘rnatishdan iboratdir. O‘yinni bolalar o‘z ixtiyorlari bilan o‘ynaydilar, ammo boshqa hech bir faoliyatda o‘yindagi singari bolalarning xulqi bilan bog‘liq bo‘lgan qat’iy qoida yo‘q. Bunday qat’iy qoida ijodiy o‘yinga ham, qoidali o‘yinga ham, qoidani bolalar o‘zlari o‘rnatadigan o‘yinga ham tegishlidir.
    Sayr davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
    Bolalar o'yinning o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o'zaro munosabatlarini aks ettiradi. O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon, metro, temir yo'l vagoni bo'lishi mumkin.
    Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma- hammaning o'rniga o'zi gapiraveradi. So'z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
    Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo'lishga yordam beradi.
    Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
    O'yinlarning bunday bo'lishi albatta shartli bo'lib, bir o'yinda har xil hayotiy voqealar aks etishi ham mumkin.
    G'oya o'yinning mazmuni, jonli to'qimasi, uning rivojla- nishini, o'yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o'zaro bog'lanishini belgilab beradi. O'yinning qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari o'yinning mazmuniga bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol o'yinning asosiy o'zagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o'yinlar rolli yoki syujetli-rolli o'yinlar nomini olgan.
    Bolalar o'yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O'yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o'yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
    Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e'tibor berishi zarur: o'yin mazmunining ta’lim- tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo'lishi, aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va to'la bo'lishi, o'yin harakatlariga faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo'lishi kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o'yinga rahbarlik qilish, o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand bo'lishlarini ta’minlash lozim.
    Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsi- ning hamma tomonlariga: ongiga, his-tuyg'ulariga, irodasiga, xulqiga ta'sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim. O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.
    Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.Ammo o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o'yindan keng foydalanadi. Juda ko'pchilik o'yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o'z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to'g'ri o'sishini, harakatlari chiroyli bo'lishini ham ta’minlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
    O'yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo'llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O'yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz
    yaratishlari - xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko'p o'yinlarda avval o'rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
    O'yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'pincha avval boshlagan o'yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'proq syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish materiallari, qo'g'irchoqlar bilan, stol usti o'yinchoqlari o'ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o'yinlardan ham foydalaniladi.
    Ammo o'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlikbola ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning .isosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg'ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq uyg'onib qoladi.
    Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki mazmuni o'zgaradi. Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi o'yinlar qiziqtira boshlaydi.
    Shunday qilib, pedagogika fani o'yinga bola shaxsini har tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.


      1. Download 219,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 219,5 Kb.