|
Osiyo xalqaro universiteti
|
bet | 8/12 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #154224 |
Bog'liq Menejment texnologiyasiUch kishilik guruh
"G'ildirak" To'rt kishilik guruh
"G'ildirak "Zanjircha" "Barcha kanalli"
To'rt kishilik guruh
rasm. Kommunikatsion tarmoqlarning namunalari
Ular tashkilot faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatadilar. Masalan, "g'ildirak" turidagi tarmoql arda hukmronlikning markazlashtirilgan ierarxiyasi berilgan. "G'ildirak" ning markazida turgan shaxs ko'proq jo'natmalar oladi, guruhning boshqa a'zolari tomonidan ko'proq yetakchi sifatida tan olinadi, guruhning boshqa a'zolariga ko'proq darajada ta'sir ko'rsatadi, ko'proq javobgarlikka ega, muammoni hal qilinishi boshqalarga qaraganda ko'proq unga bog'liq.
Boshqaruvda foydalaniladigan axborotlar quyidagicha tavsiflanadilar:
•boshqaruv ob'yekti bo'yicha;
•boshqaruvning uyoki bu tizimchasiga tegishliligi bo'yicha; •uzatishning shakli bo'yicha (verbal, so'zli va no verbal); •vaqtdagi o'zgaruvchanligi bo'yicha; •uzatish usuli bo'yicha; •uzatish tartibi bo'yicha; •belgilanishi bo'yicha
•ob'yektning yashash davrasi bosqichlari bo'yicha; boshqaruv ob'yektining sub'yektga munosabati bo'yicha. Axborotning sifatiga asosiy talablar quyidagilardir:
o'z vaqtidalik;
to'g'rilik;
yetarlilik;
ishonchlilik;
manzillilik;
foydalanishning ko'p martaligi;
yig'ish, ishlab chiqish va uzatishning yuqori tezligi;
kodlashtirish imkoniyati; dolzarblilik.
Axborot massivi - bu boshqaruv idoralari tomonidan foyda-laniladigan axborotlarning barcha turlari yig'indisini ma'lum alomatlar bo'yicha tartibga solish. U quyidagilarni ta'minlashi kerak: istemolchilarni saqlanayotgan axborotlarga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilishlari, ularning axborot extiyojlarini to'liqroq qanoatlantirish, axborotlarni operativ qidirib topish va berish, axborotlarni buzilishdan saqlash.
Axborot oqimi - axborotlarning manbalardan istemolchilargacha harakatlanishidir.
Axborot hajmi-shartli birliklar (so'z, xabar, belgilar, harflar, varaqlar va boshqalar) yordamida o'lchanadigan va boshqaruv idoralarining axborotli to'ldirilganligini belgilash, boshqaruvni avtomatlashtirish bo'yicha qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladigan miqdoriy ta'rifdir.
Hujjatlar aylanishini loyihalashtirishda quyidagilar ta'minlanishi kerak.
har bir hujjatda qarorlar qabul qilish uchun zaruriy va yetarlicha axborotlarning mavjudligi;
hujjatlar va ularda mavjud bo'lgan ko'rsatqichlarni bartaraf qilish yo'li bilan axborot oqimlarini ratsionallashtirish;
hujjatlarni manbadan iste'molchiga o'tadigan yo'nalishlarni kamaytirish;
hujjatlarni ijro etish muddatlari ustidan samarali nazorat qilish;
hujjatlar shakllarini unifikatsiyalash.
Shuni ta'kidlash kerakki, internetning global axborot supermagistrali va korporatsiyalarning mahalliy tarmog'i menejerlar uchun ma' lumotlarni yig'ish va ishlab chiqish texnologiyasini tubdan o'zgartiradi va, asosiysi, teng huquqli mijozlarni vertikal byurokratizmsiz masofaviy aloqa qilishlarini ta'minlaydi, ya'ni sherikchilik xarakteridagi gorizontal vaqtincha tuzilmalarni shakllantiradi.
Axborot tizimlari ishning sifatiga tashxis qo'yish va uni tahlil qilish uchun axborot sifati tushunchasi mavjud, u odatda quyidagi parametrlar bilan baholanadi: tuzatilganlik, ziddiyatsizlik, aniqlik, jadallik, relevantlik ( tegishlilik ).
No verbal axborotlar, ya 'ni jo'natuvchi tomonidan so'zlardan foydalanmasdan jo'natilgan axborotlar ham g'oyatda muhim rol o'ynaydilar. Ular noverbal kommunikatsiyalarning asosida yotgan no verbal jo'natmalarni tashkil qiladilar. Imo-ishoralar, mimika, intonatsiyalar - ishga doir muloqatning muhim qismidir. Ba'zida bu vositalar (ular noverbal deb ataladilar) yordamida, so'zlar yordamiga qaraganda ancha ko'proq narsalarni aytish mumkin. No verbal axborotning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
odamning jismoniy holati (bo'yi, og'irligi, sochlarining rangi, gavdasining hidi va x.k.)
gavdaning harakatlari (imo-ishoralar, turish holati, tegib ketish, yuzning ifodasi, ko'zlarning harakati va h. k.)
•nutq (intonatsiyalar, savodlilik, tovush, nutqning tezligi va x.k.) •muhit (yoritilganlik, shovqin, yoritilish, inshoat, mebel va x.k.) •muhitdan foydalanish (hulqning odatlari, muloqat qilishdagi masofa va x.k.)
•vaqt (erta kelish, kech qolish, o'zini kutishga majbur qilish va x.k.)
Noverbal kommunikatsiyalar asosan ongsiz asosga ega bo'ladilar, chunki kommunikatsion jarayon ishtiroqchilarining haqiqiy hissiyotlaridan darak beradilar va hislarni namoyon qilishning g'oyatda ishonchli indikatori bo'ladilar. Noverbal axborotlar bilan manevrlar qilish qiyin va uni shaxslararo kommunikatsiyalarda yashirish mushkuldir.
Ko'pgina noverbal signallar, ularning aniq ma'nolari odam "o'sgan" u yoki bu insoniy madaniyatining namunalari bo'ladilar. Ular ushbu belgilardan hulqining namunalari sifatida foydalaniladigan va bunda alomatli ma'noga ega bo'lgan darajada ishtiroq etuvchi tomonlar tomonidan so'zli kod larning ma'lum tizimi bilan aks ettiriladigan verbal belgilar kabi aniq tushunilishlari mumkin.
|
| |