|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 128/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
164
o‗lchami bo‗yicha bir oz katta. RJ-45 razyomi 8 ta kontaktli bo‗ladi, RJ-11 esa 4 ta
kontaktga egadir. Kabel razyomga maxsus siquvchi asbob yordamida ulanadi.
Razyomning ignasimon tilla qoplamali kontaktlari kabelning har bir simi
qoplamasiga sanchiladi, sim qoplamasidan igna o‗tib, sim bilan mustahkam va
sifatli ulanish hosil qiladi. Shuni hisobga olish kerakki, standart tomonidan kabel
uchlarini razyomga ulash uchun 1 sm o‗ralgan juft qismini o‗ramdan ochish
mumkinligi ko‗zda tutilgan.
Ko‗pincha o‗ralgan juftlik axborotlarni faqat bir tomonga uzatish uchun
ishlatiladi, yaʻni «yulduz» yoki «halqa» topologiya turlarida. «Shina» topologiyali
tarmoqlarda odatda koaksial kabel turidan foydalaniladi. Shuning uchun o‗ralgan
juft kabelni ulanmagan uchiga tashqi moslash qurilmasi (terminator) amalda
deyarli qo‗llanilmaydi.
Kabellar ikki turdagi tashqi qobig‗ida ishlab chiqariladi.
Polivinilxloridli qoplamali (PVX, PVC) kabellar arzon va xona sharoitida
ishlatilish uchun mo‗jallangan.
Teflon qoplamali kabellar, nisbatan narxi qimmat va tashqi muhitda
foydalanish ham mumkin.
PVX qoplamadagi kabellarni yana non-plenum, teflon qoplamali kabellarni
esa-plenum deb ham ataladi. Plenum atamasi bu yerda qaysidir partiya
rahbariyatini
yig‗ilishi
maʻnosida
emas
albatta,
tarmoq
kabellarini
joylashtirilishiga eng qulay joy pol bilan pol ustidagi qo‗shimcha pol oralig‗i
(falshpol) va osma shift bilan shift oralig‗idagi bo‗shliq tushuniladi. Aytib
o‗tilganidek, ko‗zdan pana joylardan o‗tkazishga teflon qoplamali kabel qulay
bo‗lib u qiyin yonadi, (PVX kabelga nisbatan) yongan taqdirda ham, o‗zidan
zaxarli gazlarni ko‗p chiqarmaydi.
Standartda aniq qilib ko‗rsatilmagan, lekin tarmoq ish faoliyatiga sezilarli
darajada ta‘sir qiluvchi va barcha kabellarning yana bir ko‗rsatkichi bor, bu
|
| |