175
2.2§ Simsiz axborot uzatish muhitlari
2.2.1. Simsiz aloqa kanallari
Kompyuter tarmoqlarida ba‘zi hollarda kabel orqali ulash o‗rniga,
shuningdek, kabelsiz kanallardan ham foydalaniladi.
Ularning asosiy afzalligi
shundan iboratki, hech qanday kabel yotqizishga hojat qolmaydi.
Demak
devorlarni teshishga,
kabellarni mahkamlashga, folshpol ostidan o‗tkazishga yoki
osma shipdan va shamollatish yo‗llaridan kabellarni o‗tkazishga hojat qolmaydi.
Shuningdek, kabelning uzilgan joyini qidirish va ulashga ham hojat qolmaydi.
Yana kompyuterlarni bemalol xonada yoki bino bo‗ylab ko‗chirish mumkin,
chunki kompyuter kabellar bilan bog‗lanmagan.
Radiokanal – bu usulda axborot uzatish uchun radio to‗lqinlaridan
foydalaniladi, shuning uchun bu usulda aloqa yuzlab va hatto minglab kilometrga
uzatiladi. Axborot o‗tkazish tezligi sekundiga o‗nlab megabitgacha yetishi mumkin
(bu holda tanlangan to‗lqin uzunligi va kodlash usuliga bog‗liq). Mahalliy
tarmoqlarda radiokanaldan foydalanmaslik sabablari quyidagilar: uzatish va qabul
qilish
qurilmalari qimmat, shovqindan saqlanish darajasi past,
axborotni uzatish
vaqtida sir saqlash butkul ta‘minlanmagan va ishonchlilik darajasi past.
Lekin global tarmoqlar uchun radiokanal ko‗pincha yagona vosita bo‗lib
qoladi, chunki (sputnik–retranslyator) signalni tiklash sputnigi yordamida
axborotlarni butun dunyoga uzatishni taʻminlash nisbatan oddiydir.
Uzoqda
joylashgan bir necha mahalliy tarmoqlarni o‗zaro ulab bir butun tarmoq hosil qilish
uchun ham radiokanaldan foydalaniladi. Axborotni radio uzatish turining bir necha
standarti mavjud. Bulardan ikki turida to‗xtalib o‗tamiz:
Tor spektorda (yoki bir chastotali uzatish) uzatish 46500 m
2
maydonni
qamrashga mo‗ljallangan. Bu holdagi radiosignal
metall va temir beton