Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
172
Ulardan 
eng 
asosiysi–yig‗ish 
(montaj) ishlarining murakkabligi. 
Razyomlarni o‗rnatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim, shisha tolani 
uzish aniqligi va uzilgan yuzani shaffoflash aniqligidan razyomdagi signalning 
so‗nish ko‗rsatkichi judayam bog‗liq. Razyomlarni o‗rnatish uchun kavsharlanadi 
(svarka) yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. Gelning yorig‗lik sinish 
koeffitsienti shisha tolaning yorig‗lik sinish koeffitsientiga teng bo‗ladi. Har 
qanday holatda ham bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus moslamalar va 
yuqori malakali mutaxassislar kerakdir. Shuning uchun, shisha tolali kabellar turli 
uzunlikda va uchlariga kerakli turdagi razyom o‗rnatilgan holda savdoga 
chiqariladi.
Shisha tolali kabellarda signalni ikkinchi yo‗nalishga ham ayirish imkoni 
bo‗lsa ham (buning uchun maxsus 2–8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab 
chiqariladi), odatda bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi. 
Yʻani bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma oralig‗ida. Har qanday 
taqsimlanish oqibatda yorug‗lik signalini ilojsiz so‗nishga olib keladi va agarda 
ko‗p kanalga taqsimlanilsa, u holda yorug‗lik tarmoq oxirigacha yetib bormasligi 
ham mumkin.
Elektr kabeliga qaraganda shisha tolali kabelning mustahkamligi va 
egiluvchanligi kam (ruxsat etilgan egilish radiusi 10–20 sm atrofini tashkil etadi). 
Ionlashgan nurlanish ham unga tez ta‘sir qiladi, chunki shisha tola shaffofligi 
kamayib signalning so‗nishi oshib boradi. Keskin temperaturaning o‗zgarishiga 
ham sezgir, sababi bunday o‗zgarish taʻsirida shisha tola dars ketishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda radiatsiyaga chidamli shishadan kabellar ishlab chiqarilmoqda, 
tabiiyki, ularning narxi qimmatdir. Shisha tolali kabellar, shuningdek, mexanik 
tasirga ham sezgir (urilish, ultratovush) bu holatni mikrofon effekti deb ham 
yuritiladi. Bu taʻsirni kamaytirish uchun yumshoq tovush yutuvchi qobiqdan 
foydalaniladi. Shisha tolali kabellar faqat «yulduz» va «halqa» topologiyalarda 
qo‗llanilidi. Bu holda hech qanday moslash va yerga ulash muammosi mavjud 



Download 5,65 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish