|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 135/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
173
emas. Kabel tarmoq kompyuterlarini ideal ravishda galvanik ayirish holatini
ta‘minlaydi. Ehtimol kelajakda kabellarni bu turi elektr kabellarni siqib chiqaradi
yoki ko‗p qismini siqib chiqaradi. Planetamizda mis zahiralari kamayib borayapti
lekin shisha ishlab chiqarish uchun xomashyo esa zaruridan ortiq.
Shisha tolali kabellarning ikki turi mavjud:
ko‗p modli yoki multimodli kabel, ancha arzon lekin sifati past;
bir modli kabel, narxi ancha qimmat, lekin yaxshi texnik ko‗rsatgichlarga
ega.
Bu tur kabellarni asosiy farqi shuki, ularda yorug‗lik nuri turli tartibda
o‗tadi.
Bir modli kabellarda hamma nur bir xil yo‗ldan o‗tish natijasida ularning
hammasi qabul qilish qurilmasiga bir vaqtda yetib keladi va signalning tuzilishi
o‗zgarmaydi. Bir modli kabelning markaziy tola diametri 1,3 mkm atrofida bo‗lib
va faqat 1,3 mkm to‗lqin uzunligidagi yorug‗likni uzatadi. Shuningdek, dispersiya
va signalni so‗nishi sezilarsiz darajadadir, bu esa ko‗p modli kabeldan ko‗ra ancha
uzoq masofaga signal uzatish imkonini beradi. Bir modli kabellar uchun lazerli
uzatish va qabul qilish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar faqat talab
qilinadigan to‗lqin uzunligidagi yorug‗lik ishlatiladi. Bunday uzatish va qabul
qilish qurilmalari hozirda nisbatan qimmat va ko‗p ishlatishga chidamsiz.
Kelajakda bir modli kabellar o‗zining juda yaxshi ko‗rsatkichlari uchun asosiy
kabel bo‗lib qolsa kerak.
Ko‗p modli kabelda yorug‗lik nurlarining yo‗llari sezilarli darajada farq
qilgani uchun kabelning qabul qilish tomonida signal ko‗rinishi o‗zgaradi.
Markaziy tola diametri 62,5 mkm, tashqi qoplama diametri esa 125 mkm (bu
bazida 62,5/125 ko‗rinishda belgilanadi). Uzatish uchun lazer emas oddiy
yorug‗lik diodi ishlatiladi, bu esa uzatish va qabul qilish qurilmasini narxini
arzonlashtiradi hamda xizmat vaqtini bir modli kabelga nisbatan oshiradi. Ko‗p
modli kabelda yorug‗likni to‗lqin uzunligi 0,85 mkm ga teng. Kabelning ruxsat
|
| |