|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 163/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
219
3.2.2. Axborot almashuvini boshqarish usullari
Tarmoq har doim bir necha abonentlarni birlashtiradi va ulardan har biri o‗z
paketlarini uzatish huquqiga egadir. Lekin bir kabel orqali bir vaqtning o‗zida
ikkita paket uzatish mumkin emas, aks holda konflikt (kolliziya) holat hosil
bo‗lishi mumkin, bu holatda ikkala paketni yo‗qotish mumkin bo‗ladi. Demak
axborot uzatishni xohlagan abonentlar o‗rtasida tarmoqqa ega bo‗lishning (zaxvat
seti) qandaydir navbatini o‗rnatish kerak. Bu avvalambor «shina» va «halqa»
topologiyasida ko‗rilgan tarmoqlarga tegishlidir. Xuddi shuningdek, «yulduz»
topologiyasidagi tashqi abonentlarning paket uzatish navbatini o‗rnatish zarurdir,
aks holda markaziy abonent ularga ishlov berishga ulgura olmaydi.
Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvini boshqarishning
u yoki bu usulidan foydalaniladi (tarmoqqa ega bo‗lish yoki arbitraj usullari
deyiladi), abonentlar o‗rtasidagi konflikt holatlarini oldini oladi yoki bartaraf
qiladi.
Tanlangan usulning unumdorligidan ko‗p narsa bog‗liq: kompyuter
o‗rtasidagi axborot uzatish tezligi, tarmoqning yuklanish imkoniyati, tarmoqni
tashqi xodisalarga e‗tibor qilish vaqti va hokazolar. Boshqarish usuli – bu
tarmoqning eng asosiy ko‗rsatkichlaridan biri. Axborot almashinuvini boshqarish
usulining turi ko‗pincha tarmoq topologiyasining xususiyatlaridan kelib chiqadi,
lekin bir vaqtning o‗zida u tarmoq topologiyasiga judayam bog‗lanib qolmagan.
Axborot almashinuvini boshqarish usullari ikki guruhga bo‗linadi.
Markazlashtirilgan usul, bu holda hamma boshqarish bir joyga jamlangan.
Bunday usullarning kamchiligi: markazni buzilishlarga barqaror emasligi,
boshqarishni tez amalga oshirib bo‗lmasligi. Afzalligi – konflikt holati yo‗qligi.
|
| |