|
Reja: Qiymat va tannarx nazariyasi
|
bet | 1/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 25,91 Kb. | | #233706 |
Bog'liq basher sifat11
REJA:
Qiymat va tannarx nazariyasi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlami guruhlash.
Foyda va rentabellik.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari.
Qiymat va tannarx nazariyasi.
Umuman olganda, tovarning qiymati uning boshqa tovarga ayirboshlana olish darajasini aniqlash uchun zarurdir. Narx (baho) va qiymat tushunchalari orasida deyarli farq yo'q. Faqatgina narx (baho) - bu, tovar qiymatining puldagi ifodasidir xolos.
Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham keng foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi o'rtasidagi tafovut ishlab chiqarish subyektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi mahsulotni ishlab chiqarish, ya'ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog'lik bo'lgan xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirishga va aholining turmush darajasini oshirishga imkoniyat yaratiladi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha resurslardan bekamu-ko'st foydalanish bu ko'rsatkichlarning rolini oshirishni taqozo etadi. Shu sababli ”tannarx” atamasining mohiyati, ahamiyati, mazmuni va shakllarini yaxshi bilish hamda uni pasaytirish masalasiga katta e'tibor berish kerak.
Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ma'lum miqdorda xom ashyo va materiallar, mehnat va ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan boshqa yuklama xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq bo'lgan xa- rajatlarning puldagi ifodasi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko'rsatkichi ishlab chiqarishni rivojlantirishda va uni tashkil etishda muhim ro’l o'ynaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, ya'ni foydani ko'paytirishning, mavjud resurslar bilan ishlab chiqarish hajmini o'stirishning muhim omili hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko'rsatkichi ishlab chiqarish sifat ko'rsatkichlari orasida alohida o'rin tutadi.
Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, texnika va materiallardan foydalanish, moddiy-texnika ta'minotini takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash borasidagi hamma o'zgarishlar xarajatlar darajasida aks etadi. Shu sababli ham biz mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining sifat ko'rsatkichlari tizimida muhim o'rin egallaydi, deya olamiz. Binobarin, shuning uchun ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuniga ko'ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |