|
Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
|
bet | 3/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 25,91 Kb. | | #233706 |
Bog'liq basher sifat11Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari.
Mehnat unumdorligini oshirish, xom ashyo va material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko‘rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni kamaytirish sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun esa ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etishning ilg‘or usullarini joriy qilish orqali har bir ishchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko‘paytirish kerak. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o‘sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o‘sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
Material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarni qisqartirish kerak bo‘ladi.
Xizmat ko'rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajat- larni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma'muriy- boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag'larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to'lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishni ta'minlovchi omillar hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta'sir ko'rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizat- siyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, kimyolash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun, eng avvalo, undagi zaxira, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko'zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko'z ilg'amaydigan bo'lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo'ladi.
Zaxiralar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular, eng avvalo, to'planish joyiga ko'ra, ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo'yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo'yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo'yicha ham guruhlarga bo'lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezer- vlarni ikkiga bo'lib ko'rish mumkin:
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar,
-ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
Yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya'ni foydalanilma- yotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikası, usulini «Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish» fani bo'yicha ma'ro'zalarda, amaliy mashg'ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag'lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2. Mahsulot tannarxini kal'kulyakiyalash,
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bos- qichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foyda- lanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo'limlariga yetkaziladi.
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o'zida hisob qilinadigan ko'rsatkich hisoblanadi. Shunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat ko'rsatkichlaridan biri bo'lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti tannarxini pa- saytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezerylaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo'lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bo'lgan holda (masalan, xuddi o'sha mahsulotning narxi barqaror bo'lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko'p bo'ladi.
Shu sababli yaqin va uzoq kelajakda ham ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxining pasaytirish inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan vazifalardan biri hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ortiqov A. “Sanoat iqtisodiyoti” (Darslik). - T.:TDIU. 2004-yil.
Ro‘ziev A., Ro‘ziev O., “Iqtisodiy integratsiyaning hududiy-geografik jihatlari”. Termiz: “Surxandaryo”, 2001-yil
Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti / darslik. A. Ortiqov. - Toshkent: ≪Sano-standart≫, 2014. - 304 bet
|
| |