Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlami guruhlash.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom’’ ga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko'ra, quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarilib tashlangan holda);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan mehnatga haq to'lash xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli bo'lgan ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar,
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi,
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa xarajatlar.
Foyda va rentabellik.
Sanoat va uning barcha bo'g'inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat ko'rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda ma'lum funksiya (vazifalarni bajaradi:
-ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so'nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;
- turli darajadagi byudjetlarni shakllantiradi;
- xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o'ynaydi;
-ilmiy texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqa- rish xo'jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko'rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari, xo'jaliklarning moliya-xoʻjalik faoliyatlari natijasida olingan foyda summasidir. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo'jaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari foyda va uy-joy kommunal xo'jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil topadi.
Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natija- lari foydaning quyidagi ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
-mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu so- tishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o'rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YaF=SST-MIT,
Bu yerda: YaF- yalpi foyda;
SST-sotishdan olingan sof tushum;
MIT-sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
-asosiy faoliyatdan ko'rilgan foyda bu, mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o'rtasidagi tafovut va qo'shimcha asosiy faoliyatdan ko'rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF=YaF-DX+BD+BZ,
Bu yerda: AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DF-davr xarajatlari;
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.
Har bir korxona yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. Korxona foydani o'z rivojini ta'minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug'ullanmaydigan korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bo'ladi. Makroiqtisodiyot sohasida uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e'tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi,
Mulk egasini o'zi boshqaradigan, unchalik katta bo'lmagan korxonada, ularni yuritish bilan bog'liq bo'lgan hamma qarorlarda foydani ko'paytirish asosiy o'rin tutadi. Juda katta va yirik korxonalarda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma'lum darajada erkinliklar bo'lib, ular foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug'ullanmasliklari, mulk egasi boʻlmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat oʻrniga qisqa manfaatni afzal ko'rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko'pincha foydani maksimallashtirish o'rniga daromadni ko'paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning o'zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar o'z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish zaruriyati yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud:
- haqiqiy foyda;
-o'rtacha foyda;
-monopol foyda yoki iqtisodiy renta;
-maksimal foyda.
Haqiqiy foyda bu, haqiqatda hisobot ma'lumotlari, ya'ni haqiqiy xarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manbadir.
O'rtacha foyda deganda, boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitalga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo'lish tushuniladi. O'rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko'rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta'minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O'rtacha foydani ko'pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar.
Monopol foyda yoki iqtisodiy renta - bu, cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish natijasida sodir bo'lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bo'lib, yerni olish bilan bog'liq xarajatlar bir xil bo'lishgan sharoitida birinchi yer transport tarmog'iga yaqin bo'lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. so'm kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln. so'm uning qo'shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi o'rtasidagi farkdan iborat bo'ladi.
Maksimal foyda bu, bir birlik qoʻshimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qo'shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo'ladi. Shunga ko'ra, foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta'minlash, deganidir.
Rentabellik sanoat va uning tarmoqlarining moliyaviy faoliyatini ifodalovchi muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Rentaballik nazariyasida uning bir qancha turlari mavjud. Ulardan eng muhimi mahsulot rentabelligi ko'rsatkichi hisoblanadi.
|