216
Hamma bosqich vazifalarini batafsil ko‗rib chiqamiz.
Amaliy bosqich (Application, prikladnoy uroven) yoki ilovalar bosqichi, u
quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi: foydalanuvchining ilovasini shaxsan
tasdiqlaydi, masalan, fayllar uzatishning dasturiy vositalari, axborotlar bazasiga
ega bo‗lish, elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati. Bu bosqich
qolgan 6 ta bosqichni boshqaradi.
Prezentatsiya bosqichi (Presentation, prezentativniy uroven) yoki
axborotni tanishrtirish bosqichi, bu bosqichda axborot aniqlanadi va axborot
formatini ko‗rinish sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda o‗zgartiradi, ya‘ni
tarjimon vazifasini bajaradi. Shu yerda axborot shifrlanadi va dishifratsiyalanadi,
lozim bo‗lgan taqdirda ularni zichlashtiradi.