• 3.15–rasm. Paketni minimal uzunligini hisoblash.
  • Основы пакета




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet168/354
    Sana15.12.2023
    Hajmi5,65 Mb.
    #119800
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   354
    Bog'liq
    Основы пакета (1)

     
    226
    vaqt oralig‗ida 2 – abonent o‗z paketini uzatishni tamom qilishi kerak emas, aks 
    holda 2 – abonent paketlar to‗qnashuvi haqida bexabar qoladi (kolliziya holatidan). 
    Shuning uchun paketni minimal ruxsat etilgan tarmoqdagi vaqti 2L/V tashkil 
    qilishi kerak, ya‘ni signalni tarmoqning to‗liq uzunligidan o‗tish vaqtidan ikki 
    hissa katta bo‗lishi kerak (yoki tarmoq uzunligining eng uzun yo‗liga). Bu vaqt 
    signalni tarmoqda aylanma ushlanish vaqti deb yuritiladi, yoki PDV (Path Delly 
    Value). Aytib o‗tish kerakki, bu vaqt oralig‗ini tarmoqdagi turli voqealarni 
    universal o‗lchovi deb qarash mumkin. 
    3.15–rasm. Paketni minimal uzunligini hisoblash.
    Tarmoq adapteri kolliziya holatini, ya‘ni paketlar to‗qnashuvi holati 
    aniqlashi haqida alohida to‗xtalib o‗tishi o‗rinlidir, oddiy taqqoslash, ya‘ni obyekt 
    uzatayotgan axborot bilan tarmoqdagi aniq axborotni solishtirish imkoni faqat 
    oddiy NRZ kodi ishlatilganda mumkin, lekin NRZ ancha kam ishlatiladi. 
    Manchester-II kodini ishlatilganda (u odatda CSMA/CD axborot almashinuvini 
    boshqarish usulida qo‗llaniladi deb bilinadi) butunlay boshqacha yondashish talab 
    etiladi. Aytib o‗tilganidek Manchester-II kodida har doim o‗zgarmas doimiy qismi 
    mavjuddir, uning kattaligi signalning umumiy balandligining yarmiga tengdir 







     
    227
    (agarda signalning ikki holatidan biri nol bo‗lsa). Biroq ikki yoki undan ko‗p 
    paketlar to‗qnashgan holatda (kolliziya) bu qoida bajarilmaydi (11.5–rasm). 
     
    3.16–rasm. Manchester II kodi ishlatilganda kolliziya
    holatini aniqlash.
    Paketlar har doim bir-biridan farq qiladi va vaqt bo‗yicha surilgandir. Aynan 
    o‗zgarmas doimiy qismning chiqish kattaligi o‗rnatilgan qiymatidan farq qilishiga 
    qarab har bir tarmoq adapteri tarmoqda kolliziya holati mavjudligini aniqlaydi. 
    Axborot almashinuvini boshqarish usulini halqa topologiyasiga tanlashning 
    o‗z xususiyatlari mavjuddir. Bu holda muhimi shuki, halqaga uzatilgan har qanday 
    paket ketma-ket har bir abonentdan o‗tib ma‘lum vaqtdan so‗ng yana shu nuqtaga 
    qaytib keladi, ya‘ni paket uzatgan abonentga (chunki topologiya yopiq). Sababi 
    «shina» topologiyasi singari signal ikki tarafga tarqalmaydi. Aytib o‗tish kerakki 
    «halqa» topologiyasi tarmoqda bir va ikki yo‗nalishga axborot uzatishi mumkin. 
    1-paket 
    2-paket 
    Yig‗indisi 1+2 




    U

    U=U
    m
    /2 
    Um
    /2 

    U




    Download 5,65 Mb.
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   354




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish