Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
229
qabul qilingani haqida tasdiq bitini o‗rnatadi va marker paketni halqa bo‗ylab 
uzatib yuboradi.
4. Axborot uzatgan 1-abonent butun halqa bo‗lib aylanib chiqqan o‗z 
paketini oladi va markerni bo‗sh deb belgilab, tarmoqdan o‗z paketini chiqarib 
tashlaydi va bo‗sh markerni halqa bo‗ylab uzatib yuboradi. Axborot uzatishni 
xohlagan abonent bu bo‗sh markerni kutadi va yana hammasi qaytadan bayon 
etilgan ketma-ketlikda davom etadi.
Nimasi bilandir ko‗rib chiqilgan usul so‗rov (markazlashtirilgan) usuliga 
o‗xshash, vaholanki bu yerda aniq ajratilgan markaz yo‗q. Lekin qandaydir markaz 
odatda bari bir ishtirok etishi lozim: abonentlardan biri (yoki maxsus qurilma) 
halqa bo‗ylab marker harakat qilganda u yo‗qolib qolmasligini nazorat qilish kerak 
(masalan, qaysidir abonentning ishdan chiqishi sababli yoki to‗siqlar tufayli). Aks 
holda tarmoqqa ega bo‗lish mexanizmi ishlamaydi. Buning natijasida 
boshqarishning mustahkamligi bu holda kamayadi (markazning ishdan chiqishi 
axborot almashinuvini to‗liq izdan chiqaradi), shuning uchun odatda markazning 
mustahkamligini oshirishning maxsus usullari qo‗llaniladi. 
CSMA/CD usulidan ko‗rib chiqilgan usulning afzalligi shundan iboratki. Bu 
yerda tarmoqqa ega bo‗lish vaqtining qiymati kafolatlangan. Uning kattaligi (N–
1)
*
t
pk
ni tashkil qiladi. Bu yerda N–tarmoqdagi abonentlarning to‗liq soni, t
pk 
– 
paketni halqa bo‗ylab o‗tish vaqti.


 
230
 
3.17–rasm. Almashinuvni marker usuli yordamida boshqarish (BM–bo„sh 
market, YUM–yuklangan marker, TM – bandligi tasdiqlangan marker, 
 AP – axborotlar paketi).
Tarmoqda axborot almashinuvining intensivligi katta bo‗lgan taqdirda 
tasodifiy usulga nisbatan markerli boshqarish usuli ancha unumdorligi yuqori 
bo‗ladi (tarmoq yuklanganligi 30–40 % dan ko‗p bo‗lganda). U usul tarmoq 
yuklamasi katta bo‗lganda ham ishlash imkonini beradi.
 BM 
 




















BM 
AP 
TM 
AP 
YM 



Download 5,65 Mb.
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish