Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
233
Bozorning katta qismini Nowell kompaniyasining Netware operatsion tizimi 
egalladi. Bu operatsion tizim o‗rnatilgan tarmoq o‗z vazifalariga ega bo‗ldi, 
mahalliy tarmoqlarning yuqori unumdorligi va himoyasini ta‘minladi. Bu 
imkoniyatlarni Netware operatsion tizimi o‗rnatilgan tarmoq serverlari yordamida 
amalga oshirildi. 
Faqat shaxsiy kompyuterlar uchun maxsus ishlab chiqilgan MS DOS, OS/2 
Netware operatsion tizimlari qo‗llanilgan emas, lekin mavjud bo‗lgan Unix 
platformasidagi operatsion tizimlar ham modernizatsiyalashtirildi. Bu davrda 
Ethernet, Token Ring, FDDI mahalliy tarmoqlari uchun kommunikatsion 
texnologiyalarga standartlar qabul qilindi. Bu OSI modelining pastki 
pog‗onalaridagi operatsion tizimlarni moslashtirilishini tarmoq adapterlar 
interfeyslari bilan standartlashtirishga imkon berdi. 
90-yillarda barcha tarmoq vazifalari operatsion tizim yadrosiga o‗rnatildi va 
ularning ajralmas qismi bo‗lib qoldi. Operatsion tizimlari barcha lokal (Ethernet, 
Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, Token Ring, FDI ATM) va global (X.25, Frame 
Relay, ISDN, ATM) tarmoqlar, shuningdek, tarkibiy tarmoqlar texnologiyalari 
bilan ishlash imkoniyatini berdi. Bu davrning oxirida Internet bilan ishlashni 
quvvatlashga katta e‗tibor qaratildi, TCP/IP protokollar steki ommalashdi. Bu stek 
Unix oilasidagi operatsion tizimlardan tashqari boshqa tizimlarni ham 
quvvatlaydigan bo‗ldi. TCP/IP dan tashqari, Telnet, FTP, e-mail servislar ishlatadigan 
utilitlar paydo bo‗ldi. Kompyuter va tarmoq resurslariga ruxsat etish qurilmasidan 
tashqari kommunikatsiya vositasi ham bo‗lib qoldi. 
Operatsion tizimning muhim vazifalaridan biri axborot xavfsizligini 
ta‘minlashdan iborat. Ayniqsa, bu muammo o‗z ma‘lumotlar bazasiga ega quvvatli 
serverlar asosidagi korporativ tizimlarning paydo bo‗lishi bilan dolzarb bo‗ldi. 
Axborot resurslarni va sirli axborotlarni himoyalash zarurati operatsion 
tizimlarning takomillashishi va rivojlashishiga yangi turtki berdi. Korporativ 
operatsion tizimlar katta ishlab chiqarish va moliya tuzilmalarida ishlashi kerak 



Download 5,65 Mb.
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish