|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 173/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
234
bo‗ldi. Korporativ tizimlar uchun turli ishlab chiqaruvchilardan bir turda
bo‗lmagan dasturni va apparat vositalarining mavjud bo‗lishi muhimdir, shuning
uchun korporativ operatsion tizim har xil turlardagi operatsion tizimlar bilan o‗zaro
ishlash va turli apparatli platformalarda ham ishlashi kerak. 90-yillarda Netware
4.x va 5.0 Microsoft Windows nT 4.0 operatsion tizimlari, shuningdek, Unix-
tizimlar keng qo‗llanilgan. Bu davrda yirik serverlar uchun OS/390 operatsion tizim
yaratilgan, u TCP/IP protokollar asosida foydalanuvchilar bilan tarmoqda o‗zaro
ishlashning qo‗shimcha vositalariga ega bo‗lgan.
Tarmoq tizimlariga mo‗ljallangan zamonaviy operatsion tizimlar, avvalo
shaxsiy kompyuterlar foydalanuvchisi bilan qulay interfeys talablarini qoniqtirishi
kerak. Bundan tashqari, xizmat ko‗rsatishda oddiylik, ishlashda ishonchlilik, ruxsat
etilmagan ruxsat berishdan himoya talablari qo‗yildi. Bugungi kunda qo‗llanilish
sohasi, usullari bilan farqlanadigan ko‗p sonli har xil turlardagi operatsion tizimlar
mavjuddir.
Kompyuterning operatsion tizimi-bu amaliy dasturlar, foydalanuvchi va
kompyuter apparaturasi orasida bog‗lovchi qism bo‗lib xizmat qiladigan o‗zaro
bog‗langan dasturlar majmuasidir.
Tarmoq operatsion tizimlarini o‗rganishga o‗tishdan oldin alohida
ishlaydigan kompyuterlar uchun operatsion tizimlarni ko‗rib chiqamiz, chunki
oldin kompyuterlarning mustaqil qurilma sifatida ishlashini ta‘minlaydigan
operatsion tizimlarning vazifalarini o‗rganish muhim, keyin esa ularning vazifalari
tarmoq kompyuterlarida ishlashini o‗rganish kerak.
Avvalo, kompyuterning operatsion tizimi foydalanuvchining barcha ishini
sezilarli soddalashtiradi, hatto uning ichki tuzilishini, bog‗lamalari va bloklarining
ishlash tamoyillarini bilmagan holda, kompyuter resurslaridan maksimal foydalanish
imkoniyatini beradi. Foydalanuvchining kompyuter bilan bundan oddiy muloqoti
qulay grafik interfeys, faylli tizim, yuqori darajadagi dasturlash tillarining
|
| |