|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 181/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
244
kabi
amaliy
dasturlarning
ishlab
chiqishini
soddalashtiradigan
turli
qo‗llanilishlardagi protseduralar kutubxonasi. Qayta ishlaydigan dasturlar va
kutubxonalar yadro funksiyasiga tizim chaqiruvchilari vositasida murojaat qiladi.
Operatsion tizimning yadro va modul-ilovalarga ajratilishi OT oson
kengaytirishni ta‘minlaydi. Yuqori darajadagi funksiyani qo‗shish uchun yangi
ilovani ishlab chiqish yetarli bo‗ladi, bunda yadro tizimini tashkil etadigan mas‘ul
funksiyalarni modifikatsiyalash ta‘lab qilinmaydi.
Tizim ishlov berish dasturlari va kutubxonalar utilitlar tarzida bajarilgan
operatsion tizim modullari, odatda, operativ xotiraga o‗z vazifalarining bajarilishi
vaqtigagina yuklanadi. Faqat operativ xotirada doimo operatsion tizim yadrosini
tashkil etgan juda zarur rezident dasturlar joylashadi.
Amaliy masalalar bajarilishining borishini ishonchli bajarish uchun OT unga
nisbatan yuqoriroq pog‗onaga ega bo‗lishi kerak, chunki noaniq ishlaydigan
masalalar operatsion tizim kodlarining qismini tasodifan buzib qo‗yishi mumkin.
Bitta ham ilova operatsion tizimning ruxsatisiz qo‗shimcha xotira sohasini olish,
protsessorni operatsion tizim ruxsat etgan vaqt davridan egallash, birgalikda
ishlatiladigan tashqi qurilmalarni bevosita boshqarish imkoniyatiga ega bo‗lmasligi
kerak.
Bu qoidani ta‘minlovchi ish tartibi kompyuter apparatining minimal darajada
ikki foydalanuvchi ish tartibi (User mode) va yuqori darajali ish tartibi, shuningdek,
yadro ish tartibi (kemel mode) yoki supervizor ish tartibi (Supervisor mode)
deyiladi (19.4-rasm). Bu holda, operatsion tizim va uning ba‘zi qismlari yadro ish
tartibida, amaliy masalalar esa foydalanuvchi ish tartibida ishlaydi. Yadro operatsion
tizimning barcha asosiy vazifalarini bajarish sababli u yuqori pog‗onali ish tartibida
ishlaydigan operatsion tizimning qismi bo‗lib qoladi, tizim ishlov berish dasturlari
va foydalanuvchining amaliy masalalari esa foydalanuvchi ish tartibida ishlaydi.
|
| |