3.4.2. Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi
Har qanday tizim tushunarli va ratsional tuzilmaga ega bo‗lishi va aniq
qo‗yilgan o‗zaro ishlash qoidali tayinlangan funksional qo‗llanishga ega bo‗lgan
modullarga bo‗linishi mumkin. Har bir alohida modulning vazifasini yaqqol
tushunish, tizimni rivojlantirishda ishni sezilarli soddalashtiradi. Operatsion
tizimning funksional murakkabligi uning arxitekturasining murakkablashishiga olib
keladi. Arxitektura-bu turli dasturiy modullar asosida operatsion tizimlarni tarkibiy
tashkil etishidir. Odatda, operatsion tizim tarkibiga standart o‗lchamlarda
bajariladigan va obyekt modullar, har xil turdagi kutubxonalar, dasturlarning
dastlabki matnli modullari, maxsus o‗lchamli dasturiy modullar (masalan, operatsion
tizimni xotiraga yuklovchi moduli, kiritish-chiqarish drayverlari), hujjatlashtirish
fayllari, ma‘lumot tizimining modullari kiradi.
Ko‗plab zamonaviy operatsion tizimlar rivojlantirishga, kengaytirishga va
yangi platformalarga o‗tkazilishga qodir bo‗lgan yaxshi tashkillashtirilgan modulli
242
tizimlar hisoblanadi. Operatsion tizimning qandaydir yagona arxitekturasi mavjud
emas, lekin operatsion tizimni tashkillashtirishga universal yondashuvlar mavjud.
Yadro va yordamchi modullar. Operatsion tizim arxitekturasini
o‗rganishga umumiy yondashuv uning barcha modullarini ikki guruhga: yadro
(operatsion tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan modullar) va yordamchi
vazifalarni bajaradigan modullar guruhiga bo‗linadi (3.20-rasm).
3.20-rasm. OT yadrosi va yordamchi modullar.
Yadro modullari jarayonlarni, xotirani, kiritish-chiqarish qurilmalarini
boshqarish kabi asosiy vazifalarni bajaradi. Yadro operatsion modul tizimning
yuragini tashkil etadi, usiz operatsion tizim ishlamaydi va o‗zining vazifalaridan
birortasini ham bajara olmaydi.
Yadro tarkibiga dasturlarni qayta ulash, sahifalarni yuklash/yuksizlash,
umumiy dasturning uzilishlariga ishlov berish kabi hisoblash jarayonining tashkil
eilishini ichki tizim masalalarini yechadigan vazifalar kiradi. Bu vazifalar amaliy
dasturlar (ilovalar) uchun ruxsat etilmaydi. Yadro vazifalarining boshqa guruhi
amaliy masalalarga amaliy dasturiy muhit yaratish bilan ularni quvvatlashga xizmat
qiladi. Ilovalar u yoki bu harakatlarni, faylni ochish va o‗qish, grafik axborotni
displeyga chiqarish, tizim vaqtini olishning bajarilishi uchun so‗rovlar bilan (tizim
Tizimli
dasturlar
Protseduralar
kutubxonasi
Utilitalar
Ilova
|