Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
237
resursga so‗rovni shakllantira olish va amaliy ishlov berish bo‗ladi. Bu holda, 
foydalanuvchi uning masalasi (topshirig‗i) tarmoqning qaysi kompyuterida 
bajarilayotganligini bilmasligi ham mumkin. 
Kompyuter tarmog‗i kompyuterlarning har biriga o‗rnatilgan tarmoq 
operatsion tizimlarini boshqargan holda ishlaydi. Qoidaga ko‗ra, bu o‗z 
kompyuterlarini alohida ishlashi nuqtai nazaridan bir-birlaridan mustaqil ravishda 
ishlaydigan har xil turdagi operatsion tizimlar (Unix, Net Ware, Windows) 
hisoblanadi. Lekin tarmoqda ishlaydigan istalgan turdagi operatsion tizimlar bu 
operatsion tizimlarning tarmoq qismini o‗z ichiga olishi kerak. Bu turli 
kompyuterlarda hisoblash jarayonlarining o‗zaro ta‘sirini tashkil etish va tarmoq 
foydalanuvchilari orasida umumiy resursning bo‗linishi uchun kommunikatsion 
protokollarning moslashtirilgan to‗plami hisoblanadi.[12],[14] 


 
238
3.4§ Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi
3.4.1. Bir rutbali va serverli tarmoq operatsion tizimlari
Tarmoq kompyuterlari orasidagi vazifalarning qanday taqsimlanganligiga 
bog‗liq ravishda ular uchta turli xil vazifalarni bajarishi mumkin: 
- faqat boshqa kompyuterlarning so‗rovlariga xizmat ko‗rsatish bilan 
shug‗ullanadigan kompyuter tarmog‗ining ajratilgan serveri vazifasini o‗taydi; 
- boshqa mashinaning resurslariga so‗rovlar bilan murojaat qiladigan 
kompyuter mijozli bog‗lama vazifasini bajaradi; 
-mijoz va server vazifasini birgalikda bajaruvchi kompyuter bir rutbali 
bog‗lama hisoblanadi. 
Ko‗rinib turibdiki, tarmoq faqat mijoz yoki server tugunlaridan iborat bo‗la 
olmaydi. Kompyuterlarning o‗zaro ishlashini ta‘minlaydigan tarmoq quyidagi 
sxemalarning biri bo‗yicha qurilishi mumkin: 
- bir rutbali bog‗lamalar asosidagi tarmoq bir rutbali tarmoqdir; 
- mijozlar va serverlar asosidagi tarmoq ajratilgan serverli tarmoq bo‗ladi; 
- barcha turdagi bog‗lamalarni ichiga oladigan tarmoq aralash tarmoq 
hisoblanadi. 
Bu sxemalarning har biri qo‗llanish sohasini belgilaydigan o‗z afzalliklari va 
kamchiliklariga ega. 

Download 5,65 Mb.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish