Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
235
mavjudligi bilan ta‘minlanadi. Bu qulaylik operatsion tizim tomonidan 
ta‘minlanadi. 
Disk bilan ishlashda dasturchiga har bir nomga ega bo‗lgan fayllar to‗plami 
ko‗rinishida dasturni taqdim etish yetarli bo‗ldi. Foydalanuvchiga faylni ochishni 
bilish, ishlov berish operatsiyasini, o‗qishni yoki yozishni bajarish yetarli bo‗ladi, 
barcha qolgan ishlar: disklardan bo‗sh joylarni qidirish, bloklarni manzillashtirish, 
disklar yo‗laklaridagi sektorlarni nomerlash, joylashtirish va o‗qish tartibini 
operatsion tizimning o‗zi bajaradi. Operatsion tizim kompyuterning apparat 
qurilmalari-printerlar, skanerlar, barcha turdagi OXQ, DXQ XQ ichki xotiralari, 
kesh-xotira bilan ishlashni o‗z zimmasiga oladi. Ma‘lumotlarni kiritish va 
chiqarish, joylashtirish, saqlash va o‗z vaqtida ma‘lumotlarni o‗qish ham 
operatsion tizimning vazifasi hisoblanadi. 
Zamonaviy kompyuterlarda operatsion tizim multidasturli ish tartib, virtual 
xotira bilan ishlash, real vaqt tartibida ishlash, konveyrli va superskalyar ishlov 
berish kabi murakkab ishlov berish amallarini bajaradi. 
Operatsion tizimning yuqorida ko‗rsatilgan barcha vazifalarini ham 
foydalanuvchi, ham kompyuterning qurilmalari maksimal imkoniyatlaridan 
foydalanish uchun qulay interfeys sifatida ta‘minlanadigan dasturlar to‗plami 
yordamida ishlatiladi. 
Operatsion tizimning boshqa muhim vazifalari kompyuter o‗zining 
resurslarini boshqarishi hisoblanadi. Bu resurslar xotira, to‗plagichlar, kiritish-
chiqarish qurilmalari ishlatilishi jarayonida hisoblash jarayonlari orasida 
taqsimlanishi kerak. Jarayon-bu ma‘lumotlarga ishlov berish dasturini ishga 
tushirish yordamida bajarilishidir. Boshqacha aytganda, bu foydalanuvchi 
tomonidan yozilgan dasturni dinamik ishlatish jarayoni hisoblanadi. Resurslarni 
boshqarish quyidagi umumiy masalalarni yechishni o‗z ichiga oladi: 
- kerakli vaqt momentida, kerakli hajmda, kerakli jarayonda yechiladigan 
resurslar (jarayonlar) masalalari uchun ajratiladigan resurslarni rejalashtirish; 



Download 5,65 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish