|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 184/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
248
19.6-rasmda bir tarmoqning ikki kompyuterlari tarmoq operatsion
tizimlarining mos dasturi komponentlarining o‗zaro ishlashi ko‗rsatilgan. Mijoz
o‗rnida A kompyuter, mijozning barcha amaliy dasturlarining so‗rovini bajaradigan
server o‗rnida V kompyuter ishtirok etadi.
A kompyuterdagi amaliy dastur V kompyuter resursiga so‗rov xabarini
moslashtiradi, bu ma‘lumotlar fayli, faksimil apparat yoki printer bo‗lishi mumkin.
So‗rov operatsion tizimga yo‗naltiriladi, u dastur-redirektor orqali so‗rovni mijoz
qismiga yo‗naltiradi. Keyin mijoz qismi so‗rovni mos port drayveriga jo‗natadi
(masalan, SOM-portga). A kompyuter portining drayveri va kontrolleri V
kompyuterning mos porti drayveri va port kontrolleri bilan o‗zaro ishlab xabarni
baytma-bayt portning drayveri orqali V kompyuter operatsion tizimining server
qismiga uzatadi.
V kompyuterning server qismi o‗zining operatsion tizimi orqali barcha
mijozlar uchun umumiy bo‗lgan o‗z lokal resurslariga murojaat qiladi. Keyin
transport tizimi orqali A va V kompyuterlarining server va mijoz qismlari o‗zaro ish
olib boradi: A kompyuterning ma‘lumotlari V kompyuter orqali chiqariladi yoki V
kompyuter xotirasidan fayl tarmoq orqali A kompyuterning amaliy masalasiga
(amaliy dasturga) uzatiladi.
Tarmoqning ikkita kompyuterlarining o‗zaro ishlashi bayon etilgan tartibini
printer bilan birgalikda ishlatish misolida ko‗rib chiqamiz. O‗zaro ishlash
kompyuterlar orasida aloqa kanallari bo‗ylab uzatiladigan xabarlar ko‗rinishida
ifodalanadi. Xabarlar ba‘zi harakatlarning bajarilishiga buyruqlardan (masalan,
kerakli faylni ochish) va bu fayl bilan ishlashdan iborat bo‗lishi mumkin.
Dastlab kompyuterning ajratilgan tashqi qurilmasi bo‗lgan printer
bilan o‗zaro ishlash tartibini ko‗rib chiqamiz. Kompyuter va istalgan
turdagi tashqi qurilma orasida o‗zaro ishlashini tashkil etish uchun tashqi
fizik interfeyslar ko‗zda tutilgan.
|
| |