250
Amaliy dastur kiritish-chiqarish operatsiyasining bajarilishiga so‗rov bilan
operatsion tizimga murojaat qiladi. So‗rovda operativ xotiradagi ma‘lumotlarning
manzili portning nomeri (tartib raqami) va bajarilishi kerak bo‗lgan operatsiya
ko‗rsatiladi. Operatsion tizim mos printerning drayverini ishga tushiradi, drayverni
boshqarish orqali interfeys kartasi ishlay boshlaydi. Drayver karta buferiga harflarni
yoki raqamlarni chop etilishi, qatordan qatorga o‗tishi, karetkaning qaytishi bo‗yicha
boshqarish buyruqlarini joylashtiradi. Bu buyruqlar baytma-bayt tarmoq bo‗ylab
tashqi qurilmaning kontrollerlariga uzatiladi, bunda har bir uzatiladigan bayt
boshlash va to‗xtash signallari bilan boradi. Kontrollerlar olinadigan buyruqlarni
aniqlaydi va printerni ishga tushiradi. Ish tugaganidan so‗ng drayver operatsion
tizimga so‗rovni bajarilganligini ma‘lum qiladi, operatsion tizim esa amaliy
dasturga xabar qiladi.