Ajratiladigan muhitda mahalliy tarmoq




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

4.1.2. Ajratiladigan muhitda mahalliy tarmoq 
Biz yuqorida kompyuter texnologiyasining ko'p jabhalarini o'rgandik. 
Go'yo bizga boshqa imkoniyatlar kerak emasdek. Haqiqatdan ham dastlab cho'tda 
yoki arifmometrda hisoblaganimizda, mashinkada materiallarni chop etganimizda, 
ulardan ko'nglimiz to'q edi. Keyin DOS Norton Commander bilan kompyuterlar 
hayotimizga kirib keldi. Ammo biz shu darajada to'xtab qolmadik-biz Windowsni 
yaratdik. Alohida (individual) kompyuterning o'zi endi bizga kamlik qilib qoldi. 
Biz tarmoqli informatsion tizim yaratish yo'lidamiz. Bu kabi tizimni uchta asosiy 
elementlar:
-texnik vositalar;
-tarmoq operatsion sistemasi;
-amaliy dasturlar majmui tashkil yetadi.
Texnik vositalar majmuini serverlar, mijozning ishchi stansiyalari, 
kommutasion aloqa vositalari tashkil etadi. Tarmoq operasion sistemasi 
tarmoqdagi axborotlar majmuidan barcha ishchi stansiyalari - mijoz kompyuterlari 
tomonidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Amaliy dasturlar, avvalgi 
mavzularimizda tanishganimizdek, foydalanuvchining masalasini yechish uchun 
xizmat qiladi.
Xo'sh, bu o'rinda qanday muammo bor?


 
261
Mavjud axborot sistemalari turg'un ishlamayapti. Gap shundaki, 
foydalanuvchi kompyuteridagi dastur avtonom bo'lib, unga ma'lumotlar serverdan 
to'liq informatsion fayl sifatida o'qib olinadi. Ammo foydalanuvchi dasturi uchun 
shu ma'lumotlarning bir qismigina kerak xolos. Undan tashqari, turli dasturlar 
serverdan ma'lumotlarni faqat o'zi o'zgartira olishi ko'rinishida o'rnatilgan bo'lib, 
mazkur dasturlar o'zlaridagi ko'rsatma, buyruqlar asosida ma'lumotlarni o'zlariga 
kerakli ko'rinishga o'zgartiradilar. Demak, bir axborot bir necha foydalanuvchilar 
tomonidan o'zgartirilishi mumkin. Bu esa axborotlarning obyektiv bo'lishini 
ta'minlamaydi. Umuman olganda, bu juda dolzarb masala. Lokal tarmoqni eng 
zamonaviy texnika va texnologiya asosida yaratish, unda eng tajribali 
dasturchilarni ishlatish mumkin. Lekin yuqoridagidek holat bo'lsa, informatsion 
tizimning ishonchliligi susayib, butun sistemaning ishdan chiqishi hali vujudga 
kelishi mumkin. Mazkur holdan chiqishning uslubi yaqinda yaratilgan bo'lib, u 
"mijoz - server" deb nomlanadi. Uning asosiy g'oyasi shundan iboratki, serverning 
va mijoz kompyuteridagi dasturning ma'suliyati ajratildi, endi mijoz 
kompyuteridagi amaliy dastur serverdagi dasturdan farqli o'laroq axborot va 
ma'lumotlar tizimini o'zgartira olmaydi. U server tomonidan berilgan natijaviy 
axborotni kerakli ko'rinishga o'tkazish uchungina xizmat qiladi. "Mijoz - server" 
texnologiyasi ma'lum talablarga javob beruvchi dasturlar majmuini yaratishni 
taqazo etadi. Bu talablar quyidagilardan iborat:
-ishonchlilik, ma'lumotlarning to'liqligi va xavfsizligi;
-dasturlar va ma'lumotlar omborini o'zgartirmasdan texnik vositalari 
almashtirish imkoniyati;
-o'rnatish va foydalanishning soddaligi;
-turli amaliy dasturlarni qo'llashning soddaligi;
-ma'lumotlar omboriga murojaat qilish va undagi axborotlardan 
foydalanishda qulaylik;



Download 5,65 Mb.
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ajratiladigan muhitda mahalliy tarmoq

Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish