257
IV BO‗LIM
KOMPYUTER
TARMOQLARI
4.1§ Mahalliy tarmoqlar
4.1.1. Mahalliy tarmoq xususiyatlari.
Birinchi mahalliy tarmoqlar paydo bo‗lgan vaqtdan beri yuzlab turli xil
tarmoq texnologiyalari yaratildi, lekin keng miqyosda tanilib, tarqalgan tarmoqlar
bir nechagina xolos. Taniqli firmalar bu tarmoqlarni qo‗llab-quvvatlashlariga va
yuqori darajada ularni ish faoliyatini tashkiliy tomonlarini standartlashganiga nima
sabab bo‗ldi. Bu tarmoq qurilma va uskunalarini ko‗p
ishlab chiqarilishi va
ularning narxi pastligi, boshqa tarmoqlarga qaraganda ustunligini ta‘minladi.
Dasturiy ta‘minot vositalarini ishlab chiqaruvchilar
ham albatta keng tarqalgan
qurilma va vositalarga mo‗ljallangan mahsulotlarini ishlab chiqaradilar. Shuning
uchun standart tarmoqni tanlagan foydalanuvchi qurilma
va dasturlarni bir-biri
bilan mos tushishiga to‗liq kafolat va ishonchga ega bo‗ladi.
Hozirgi vaqtda foydalaniladigan tarmoq turlarini kamaytirish tendensiyasi
kuchaymoqda. Sabablardan
biri shundan iboratki, mahalliy tarmoqlarda axborot
uzatish tezligini 100 va hatto 1000 Mbit/s ga
yetkazish uchun eng yangi
texnologiyalarni ishlatish va jiddiy, ko‗p mablag‗ talab
qiladigan ilmiy-tadqiqot
ishlarini amalga oshirish kerak. Tabiiyki bunday ishlarni faqat katta firmalar
amalga oshira oladilar va ular o‗zi ishlab chiqaradigan
standart tarmoqlarni
qo‗llab-quvvatlaydilar. Shuningdek, ko‗pchilik
foydalanuvchilarda qaysidir
tarmoqlar o‗rnatilgan va bu qurilmalarni birdaniga,
batamom boshqa tarmoq