|
1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanining joriy etilishi. “Sayohat” texnologiyasi murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo
|
bet | 1/2 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 417,37 Kb. | | #119718 |
Bog'liq 17-amaliy (2)
1-MAVZU: Ijtimoiy pedagogika fanining joriy etilishi.
“Sayohat” texnologiyasi murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo harakterdagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha biryo‘la axborot beriladi, ularning har biri alohida muhokama etiladi. Talabalarda mantiqiy, tahliliy, tanqiqdiy fikrlashni rivojlantirishni hamda o‘z g‘oyalarini, qobiliyatlarini o‘stirishga xizmat qiladi.
Qo‘llanishi: Bu texnologiya kichik guruhlarda (talaba soni 20 tagacha bo‘lgan) olib boriladi, Barcha ishtirokchilar 4-5 kishidan iborat kichik guruhchalarga bo‘linadilar. mavzudan kelib chiqqan holda bir qancha davlatlarning ta’lim tizimi yoritilgan tarqatmali materiallar har bir guruhga tarqatiladi. 15 daqiqa davomida har bir guruh o‘z tasavvuridan kelib chiqib, guruhga berilgan ma’lum bir davlat ta’lim tizimini biror bir chizma shaklida ifodalaydi va guruhdan bir kishi chiqib chizmadagi fikrlarni og‘zaki bayon qiladi, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari muhokama qilinadi.
1
|
Auditoriya guruh vakillarining muntazam ravishda joy almashishlariga rotatsiya jarayonini amalga oshirish uchun qullay bo‘lmog‘i lozim
|
2
|
O‘qituvchi talabalarni katta yoki kichik guruhlarga bo‘lishda, talabalarning son va intellektual qobiliyatlarini teng me’yorda taqsimlashi zarur.
|
3
|
Talabalar topshiriqni bajarish uchun zarur bilim va malakalarga ega bo‘lmog‘i lozim.
|
4
|
Guruhlarga aniq topshiriqlar beriladi.
|
5
|
Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqt ajratiladi.
|
6
|
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi, taziqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
|
7
|
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari uchun o‘qituvchi tomonidan talabalarga yo‘riqnoma beriladi.
|
KICHIK GURUHLARDA ISHLASH QOIDASI
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanining joriy etilishi. “Sayohat” texnologiyasi murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo
|