|
1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanining joriy etilishi. “Sayohat” texnologiyasi murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo
|
bet | 2/2 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 417,37 Kb. | | #119718 |
Bog'liq 17-amaliy (2)FAN
DAVLAT VA JAMIYAT
UZLUKSIZ TA’LIM
ShAXS
ISHLAB CHIQARISH
Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotidagi asosiy omillari:
TUSHUNCHALAR TAHLILI METODINING O‘TKAZISH BOSQICHLARI
Metodning maqsadi: Mazkur metod biror tushuncha, yoki mavzu bo‘yicha o‘rganilgan axborotlar tizimini solishtirish, mustaqil munosabatni shakllantirishga imkoniyat yaratish maqsadida qo‘llaniladi.
Bunda ta’lim oluvchi shaxsidagi:
Mustaqil va ijodiy fikrlash, berilgan tushunchalarni izohlash, muloqotchanlik va taxlil qilish, jamoada ishlash ko‘nikmalari, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash kabi sifatlar rivojlantiriladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
1. O‘qituvchi ta’lim oluvchilarni trening o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriq shartlari bilan tanishtiradi;
2. Tarqatmalar (ilovadagi) ta’lim oluvchilarga beriladi va taklif etilgan sxema asosida qatnashchilar tushunchaga yoki muammoga nisbatan o‘zining mustaqil fikrini bildiradi;
3. Bildirilgan fikrlar kerakli ustunchalarga yoziladi;
4. Belgilangan vaqt (10-15 daqiqa) yakuniga etgach, barcha ta’lim oluvchilarning tafsilotlari yordamida prezentatsiya tashkil etiladi;
5. Barcha ta’lim oluvchilar yakuniy xulosalari o‘qib eshittirilganidan so‘ng, o‘qituvchita’lim oluvchilar ishini baholaydi va qo‘shimcha to‘ldirishlarni kiritadi.
Kutiladigan natija: O‘quvchilar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o‘zlashtiradi,
mustahkamlaydi, mavzuning mohiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi va shaxsiy
munosabati shakllanadi.
Tushunchalar
|
tushunchalar mazmuni
|
kasbiy faoloyatingizdagi o‘rni
|
qo‘shimcha ma’lumot
|
Shaxs
|
psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
|
|
|
Tarbiya
|
muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
|
|
|
Ta’lim
|
o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
|
|
|
Bilim
|
shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
|
|
|
Ko‘nikma
|
shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
|
|
|
Malaka
|
muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
|
|
|
Ma’lumot
|
ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
|
|
|
Rivojlanish
|
shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
|
|
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanining joriy etilishi. “Sayohat” texnologiyasi murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo
|