|
Fan : Ona tili 3-sinf
|
bet | 1/4 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #263295 |
O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI
Yangiyo’l tumani M va MTB tasrufidagi
54-umumiy o`rta ta`lim maktabining
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Xamrakulova Bibigulning
Ona tili fanidan 1soatlik
Fan : Ona tili 3-sinf
Mavzu : So’z yasovchi qo’shimcha
Maqsadlar :
Ta’limiy maqsad : So’z yasovchi qo’shimchalar haqida ma’lumot berish. Kasblar haqida umumiy ma’lumot berish va tushunchalarni izohlash.
Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarning ongiga vatanparvarlik tushunchasini singdirish. Kasb egalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni nutqini rivojlantirish va so’z boyligini oshirish.
Talablar :
Didaktik talab : Darsni to’g’ri tashkil qilish,vaqtdan unumli foydalanish.
Psixologik talab : O’qituvchining psixologik holati. O’quvchining darsga ruhan tayyorligi.
Dars turi : Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli :Interfaol usul.
Dars jihozi :Darslik, har xil ko’rgazmalar, rag’bat kartochkalari, krossvord.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism :
Salomlashish
O’qituvchi :
O’quvchilar omonmisiz,
Bugun darsga tayyormisiz ?
O’quvchilar :
Biz hammamiz omonmiz,
Ustoz darsga tayyormiz !
Navbatchi axboroti :
O’qituvchi : Bugun sinfda kim navbatchi ?
O’quvchi : Sinfda men navbatchi
Muallimga yordamchi.
Pok tutaman xonani
Hamda yozuv taxtani !
Bugun darsda hamma qatnashyapti.
|
| |