|
O’qituvchi: O’quvchilar bugun sana nechanchi ?
O’quvchi
|
bet | 2/4 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #263295 |
O’qituvchi: O’quvchilar bugun sana nechanchi ?
O’quvchi: Bugun 26-noyabr.
O’qituvchi: Hozir qaysi fasl ?
O’quvchi: Hozir kuz fasli.
O’qituvchi: Kuz fasli qaysi fasldan keyin keladi?
O’quvchi: Yoz faslidan keyin keladi.
Ma’naviyat daqiqasi :
O’qituvchi: O’quvchilar, bu yil qanday yil deb nomlandi ?
O’quvchi: “Keksalarni e`zozlash yili” deb nomlandi.
O’qituvchi: O’quvchilar, bu yil mustaqillikning necha yilligini nishonladik ?
O’quvchi: Bu yil 24 yilligini nishonladik.
O’qituvchi: O’quvchilar Prezidentimiz kim?
O’quvchi: O’zbekiston Respublikasining Prezidenti – Islom Abdug’aniyevich Karimov.
O’qituvchi: Qani endi kim aytadi, Prezidentimizning qanday nomdagi kitoblari bor?
O’quvchi: “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”.
O’qituvchi: Yana kim biladi?
O’quvchi: “Mustaqillikka erishish ostonasida”
O’qituvchi: Endi hammamiz ma’naviyat daftarimizni ochamiz. Biz har kuni qanday ma’lumotlarga ega bo’lamiz?
O’quvchi: Ensiklopedik ma’lumotga.
O’qituvchi: Hammamiz daftarga yozamiz, “Yer yuzida chumolilarning 250 dan ortiq turi mavjud.
O’qituvchi: Sizlar qanday turlarini bilasiz?
O’quvchi: Oq, qora va qumursqa chumolilarni bilamiz.
d) O’tilgan mavzuni mustahkamlash: so’rash, mustahkamlash, baholash.
Yangi mavzuning bayoni :
Mavzu : So’z yasovchi qo’shimcha.
O’quvchilarga yangi ma’noli so’z hosil qiluvchi qo’shimchalar haqida ma’lumot beriladi.
O’qituvchi: Yangi ma’noli so’z hosil qiluvchi qo’shimchalar – so’z yasovchi qo’shimcha deyiladi. So’z yasovchi qo’shimchalarning ustiga “ ^ ,, -uchburchak belgisini chizamiz. So’z yasovchi qo’shimchalarga quyidagilar kiradi: -chi, -la, -kor, -dosh, -li, -siz.
Bu qo’shimchalardan yangi so’zlar hosil qilamiz. Masalan: baliq so’ziga -chi qo’shimchasini qo’shib baliqchi so’zini hosil qilamiz. O’quvchilar baliqchi so’zida o’zak qaysi?
|
| |