263
4. 2§ Ethernet tarmoqlari
Standart tarmoqlar o‗rtasida eng ko‗p tarqalgan tarmoq bu Ethernet
tarmog‗idir. U birinchi bo‗lib 1972-yilda Xerox firmasi tomonidan yaratilib, ishlab
chiqarila boshlandi. Tarmoq loyihasi ancha muvaffaqiyatli bo‗lganligi uchun 1980-
yili uni katta firmalardan DEC va Intel qo‗lladi. (Ethernet tarmog‗ini birgalikda
qo‗llagan firmalarni bosh harflari bilan DIX deb yuritila boshlandi). Bu uchta
firmaning harakati va qo‗llashi natijasida 1985-yili Ethernet xalqaro standarti
bo‗lib qoldi, uni katta xalqaro standartlar tashkilotlari standart sifatida qabul
qiladilar: 802 IEEE qomitasi (Institute of Electrical and Electronic Engineers) va
ECMA (European Computer Manufactures Association). Bu standart IEEE 802.03
nomini oldi.
IEEE 802.03 standartining asosiy ko‗rsatkichlari quyidagilar:
Topologiyasi – shina; uzatish muhiti – koaksial kabel; uzatish tezligi – 10
Mbit/s; maksimal uzunligi – 5 km; abonentlarning maksimal soni – 1024 tagacha;
tarmoq qismining uzunligi – 500 m; tarmoqning bir qismidagi maksimal
abonentlar soni – 100 tagacha; tarmoqqa ega bo‗lish usuli – CSMA/CD, uzatish
modulyatsiyasiz (monokanal).
Jiddiy qaralganda IEEE 802.03 va Ethernet orasida oz farq mavjud, lekin
ular haqida odatda eslanmaydi.