|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 180/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
243
chiqaruvlari bilan) yadroga murojaat qilishi mumkin. Yadroning ilovalar orqali
chaqirilishi mumkin bo‗lgan vazifalarini amaliy dasturlashtirish interfeysi tashkil
etadi.
Yadro modullari bajaradigan vazifalar operatsion tizimning ko‗p ishlatadigan
vazifalari hisoblanadi, shuning uchun ularning bajarilish tezligi umuman butun
tizimning unumdorligini aniqlaydi. Operatsion tizimning yuqori ishlash tezligini
ta‘minlash uchun yadroning barcha modullari yoki ularning katta qismi doimo
operativ xotirada joylashadi, ya‘ni rezident deb hisoblanadi. Odatda, yadro
foydalanuvchi ilovalari o‗lchamlaridan farqlanadigan maxsus o‗lchamdagi dasturiy
modul tarzida bajariladi.
Operatsion tizimning qolgan modullari kamroq muhim bo‗lgan vazifalarni
bajaradi. Masalan, bunday yordamchi modullarga magnit tasmada ma‘lumotlarni
arxivlashtirish, diskli defragmentatsiyalash, matn muharriri dasturlarini kiritish
mumkin. Operatsion tizimning yordamchi modullari ilovalar yoki protseduralar
kutubxonasi tarzida bajariladi.
Operatsion tizimlarining ba‘zi komponentlari oddiy ilova tarzida, ya‘ni
bunday operatsion tizim o‗lchami uchun standart bo‗lgan, bajariladigan modullar
tarzida amalga oshiriladi, shuning uchun operatsion tizim va ilovalar orasida aniq
chegarani o‗tkazish juda qiyin bo‗ladi. Yordamchi modullar bir necha guruhlarga
bo‗linadi:
-masalan, disklardagi ma‘lumotlarni zichlash, ma‘lumotlarni magnit tasmaga
arxivlashtirish kabi kompyuter tizimini alohida boshqarish masalalarini yechadigan
dasturlar;
- matn yoki grafik muharrirlar, kompilyatorlar, kompanovkachilar kabi tizimli
qayta ishlaydigan dasturlar;
- foydalanuvchi interfeysining maxsus variantlari, kalkulyator, hatto o‗yinlar
kabi qo‗shimcha xizmatlarni foydalanuvchiga havola etish dasturlari;
- masalan, matematik funksiyalar kutubxonasi, kiritish-chiqarish funksiyasi
|
| |