|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 200/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
273
tarmoqning turli qismlarini o‗zaro ulash uchun repiter va passiv konsentratorlardan
foydalanish ko‗zda tutiladi (15.1 – rasm). Tarmoqning bir qismi (segment) bo‗lib
shuningdek, bitta abonent ham segment bo‗lishi mumkin. Koaksial kabellar shina
segmentlariga ishlatiladi, to‗qilgan juftlik va shisha tolali kabellar esa passiv
yulduz nurlari uchun ishlatiladi (bittali abonentlarni konsentratorga ulash uchun).
Asosiysi hosil qilingan topologiyada yopiq yo‗llar (petlya) bo‗lmasligi kerak.
Natijada jismoniy shina hosil bo‗ladi, chunki signal ularning har biridan turli
tomonlarga tarqalib yana shu joyga qaytib kelmaydi (halqadagi kabi). Butun
tarmoq kabelining maksimal uzunligi nazariy jihatdan 6,5 km ga yetishi mumkin,
lekin amalda esa 2,5 km dan oshmaydi.
Fast Ethernet tarmog‗ida jismoniy «shina» topologiyasidan foydalanish
ko‗zda tutilmagan, faqat «passiv yulduz» yoki «passiv daraxt» topologiyasi
ishlatiladi. Shuningdek, Fast Ethernet tarmog‗ida tarmoq uzunligiga qattiq talablar
va chegara qo‗yilgan. Paket formatini saqlab qolib, tarmoq tezligini 10 baravar
oshirilginligi tufayli tarmoqning minimal uzunligi 10 baravar kamayadi (Ethernet
dagi 51,2 mks o‗rniga 5,12 mks). Signalni tarmoqdan o‗tishining ikki hissalik vaqt
kattaligi esa 10 marotaba kamayadi.
274
15.1 – rasm. Tarmoqning turli qismlarini o„zaro ulash uchun repiter va
passiv konsentratorlardan foydalanish.
Ethernet tarmog‗idan axborot uzatish uchun standart kod Manchester – II
ishlatiladi. Bu holda signalning bitta qiymati nolga, boshqasi manfiy qiymatga ega,
ya‘ni signalni doimiy tashkil qiluvchi qiymati nolga teng emas. Galvanik ajratish
adapter, repiter va konsentrator qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Tarmoqning uzatish va qabul qilish qurilmalari boshqa qurilmalardan galvanik
ajralishi transformator orqali va alohida elektr manbai yordamida amalga
oshirilgan, tarmoq bilan kabel to‗g‗ri ulangan.
Ethernet tarmog‗iga axborot uzatish uchun ega bo‗lish abonentlarga to‗liq
tenglik huquqini beruvchi CSMA/CD tasodifiy usul yordamida amalga oshiriladi.
Repiter
Repiter
Repiter
Konsentrator
Segment
Segment
|
| |