286
(masalan, elektr signalini yorug‗lik signaliga va teskariga) ishlarini bajaradi.
Ko‗pincha adapter platasiga o‗rnatilgan qabul qilish va uzatish qurilmasini
transiver deb ham yuritiladi.
Repiterlar yoki qaytaruvchi (repeater, povtoriteli) qurilmasi transiverga
nisbatan ancha oddiy vazifasini bajaradi. U faqat susaygan signalni qayta tiklab
avvalgi ya‘ni uzatilgan vaqtidagi ko‗rinishga (amplitudasi va ko‗rinishini)
keltiradi. Signalni qayta tiklashning asosiy maqsadi, tarmoq uzunligini oshirishdan
iborat (4.16–rasm). Lekin repiterlar ko‗pincha boshqa funksiyalarni ham
bajaradilar, masalan, tarmoqqa ulanadigan qismlarni galvanik ajratish. Repiterlar
va transiverlar hech mahal o‗zidan o‗tayotgan axborotga hech qanday ishlov
bermaydilar.
4.16 – rasm. Tarmoqning ikki bo„lagini repiter yordamida ulash.
Konsentratorlar (Hub), o‗z nomidan kelib chiqadiki, bir necha tarmoq
qismlarini birlashtirib bir butun tarmoq hosil qilishga xizmat qiladilar.
Konsentratorlarni aktiv va passivga ajratish mumkin.
Passiv konsentratorlar konstruktiv jihatidan bir necha repiterlarni o‗z
tarkibiga olgan bo‗ladi. Ular repiterlar bajaradigan vazifalarini o‗zini bajaradilar
(4.17–rasm). Bunday konsentratorlarning alohida olingan repiterlarga nisbatan
ahzalligi hamma ulanish nuqtalari bir joyga yig‗ilganligi. Bu tarmoq tuzilishini
Repiter
287
o‗zgartirishga qulaylik tug‗diradi, tarmoqni nazorat qilish va nosozliklarni topishni
osonlashtiradi. Shuningdek, hamma repiterlar bu holda sifatli va bir nuqtadan
elektr manbayiga ulanadilar.
4.17 – rasm. Repiterli konsentratorning tarkibi.
Passiv konsentratorlar ba‘zi hollarda axborot almashinuviga aralashdilar,
yani ba‘zi bir aniq xatoliklarni yo‗qotishga yordamlashib.
Aktiv konsentratorlar ancha murakkab vazifalarni bajaradilar, masalan, ular
almashuv protokollarini va axborotni o‗zgartirishni amalga oshiradilar. To‗g‗ri, bu
o‗zgartirishlar ancha sodda. Aktiv konsentratorlarga misol, kommutatsiya qiluvchi
konsentratorlar (switching hub), kommutatorlar bo‗lishi mumkin. Ular paketlarni
tarmoqning bir qismidan ikkinchi qismiga uzatadilar, lekin aynan shu tarmoq
qismidagi abonentga manzillangan paketnigina uzatadilar. Bu holda paketning o‗zi
kommutator tomonidan qabul qilinmaydi. Bu tarmoqda axborot almashish
chastotasini kamaytirib yuboradi, chunki har bir tarmoq qismi faqat o‗ziga taalluqli
paketlar bilan ishlaydi.
Ko‗priklar (Bridge, mosti), yo‗naltirgichlar (router, morshrutizatori) va
shlyuzlar (gateway) turli xildagi tarmoqlardan bir butun tarmoq hosil qilish uchun
ishlatiladi, yaʻni turli quyi bosqich almashish protokollari, xususan, turli
o‗lchamdagi paketlar, turli kodlash usullari va turli tezlikdagi uzatishlar va hokazo.
Ularni qo‗llash oqibatida murakkab va o‗z tarkibida turli xildagi tarmoq
qismlaridan iborat tarmoqqa ega bo‗linadi. Foydalanuvchi nazarida oddiy tarmoq
Repiter
Repiter
Repiter
1- segment
Repiter
2- segment
3- segment
4- segment
|