290
Yo‗g‗on koaksial kabel bu 50 Omli kabel bo‗lib, diametri 1 sm atrofida va
qattiqligi bilan ajralib turadi. U asosan ikki turdagi qobiq bilan ishlab chiqariladi:
sariq rangdagisi PVC standartda (masalan, Belden 9880 kabeli) va teflonli Teflon
qovoq-jigarrangli (masalan, Bolden 89880). RG-11 va RG-8 turidagi yo‗g‗on
kabellar keng tarqalgan (RG-11 kabelining markaziy tolasiga kumush qoplangan,
RG-8 dan shunisi bilan farq qiladi).
Yo‗g‗on kabel eng qimmat axborot uzatish muhitidir (boshqa
kabellarga
nisbatan uch hissa qimmatdir). Lekin yo‗g‗on kabelning quyidagi texnik
ko‗rsatkichlari:
shovqinlardan himoyalanganligi, signallarning so‗nishi kam,
yuqori mexanik chidamligi bilan boshqa kabellardan ajralib turadi.
Standart bo‗yicha kabelning bir bo‗lagiga (500 metrgacha) 100 ta
abonentdan ortiq ulanishi mumkin emas. Ularni ulanish nuqtalarining oralig‗i 2,5
metrdan kam bo‗lmasligi lozim, aks holda signalda o‗zgarish hosil bo‗ladi. Shunig
uchun foydalanuvchiga qulaylik tug‗dirish maqsadida ko‗pincha kabel qobig‗iga
har 2,5 metrda qora rangda belgi qo‗yilgan bo‗ladi.
10BASE5 uskuna vositalari 17.5 – rasmda keltirilgan. Ular o‗z tarkibiga
quyidagi vositalarni oladi: kabel,
razyomlar, terminator, transiver va transiver
kabelini.
Koaksial yo‗g‗on kabel bo‗laklarini va ularga terminatorlarni ulash uchun
N – turidagi razyomlar ishlatiladi. Bu razyomlarni o‗rnatish
ancha murakkab va
maxsus asboblar bo‗lishi lozim (aks holda ulangan joylarda signal o‗zgarishi
mumkin). Ikkita N turidagi razyomlar Barrel-konnektor yordamida ulanib kabel
uzunligini oshirish mumkin.
Yo‗g‗on kabeldan foydalanib tarmoq yig‗ilganda
iloji boricha kabelni bir
bo‗lagidan yoki bir vaqtda ishlab chiqarilgan bitta partiyadagi kabellar bo‗lagidan
foydalanish kerak. Aks holda turli xil kabellar ulangan joylarda signalni o‗zgarishi
ro‗y berishi mumkin. Agarda bir necha bo‗lak ishlatilishga to‗g‗ri kelib qolgan
taqdirda, signalni aks sadosini kamaytirish maqsadida 23,4 metr, 70,2 metr va 117