|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 207/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
284
4.15 – rasm. Tarmoq adapter platasi
Kompyuter tarkibida adapter platasini ravon ishlashi uchun uning asosiy
ko‗rsatkichlarini to‗g‗ri o‗rnatish zarur:
kiritish-chiqarish portining asos manzilini (ya‘ni manzil maydonining
boshlanish manzilini, u orqali kompyuter adapter bilan muloqot qiladi);
foydalaniladigan uzilish nomeri (ya‘ni taʻqiqlash yo‗lining nomeri, u
orqali kompyuterga adapter o‗zi bilan axborot almashinuvi zarurligi haqida xabar
beradi);
bufer va yuklanuvchi xotiralarning asos manzili (ya‘ni adapter tarkibiga
kiruvchi kompyuter aynan shu xotira bilan muloqot qilishi uchun).
Bu ko‗rsatkichlarni foydalanuvchi tomonidan adapter platasidagi ulash
moslamasi (djamer) yordamida tanlab o‗rnatish mumkin, lekin plata bilan
beriladigan maxsus adapterni initsializatsiyalovchi dastur yordamida ham o‗rnatish
mumkin. Hamma ko‗rsatkichlarni (manzil va uzilish nomeri) tanlashda eʻtibor
berish kerakki, ular kompyuterning boshqa qurilmalarida o‗rnatilib band bo‗lgan
ko‗rsatkichlaridan farq qilishi kerak. Hozirgi zamon tarmoq adapterlarida
ko‗pincha Plug-and-Play tartibi qo‗llaniladi, ya‘ni ko‗rsatkichlarni foydalanuvchi
tomonidan o‗rnatilishining (sozlanishining) hojati yo‗q, ularda sozlash kompyuter
elektr manbaiga ulanganda avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Tarmoq
razyomi
ISA razyomi
285
Adapterning asosiy tarmoq vazifalariga quyidagilar kiradi:
kompyuter va mahalliy tarmoq kabelini galvanik ajratish (buning uchun
odatda signalni impuls transformatori orqali uzatiladi);
mantiqiy signallarni tarmoq signallariga va aksiga o‗zgartirish;
tarmoq signallarini kodlash va dekoderlash;
qabul
qilinayotgan
paketlardan
aynan
shu
abonentga
manzillashtirilgan paketlarni tanlab qabul qilish;
parallel kodni ketma-ket kodga axborot uzatilishida o‗zgartirish va
axborot qabul qilishda aksiga o‗zgartirish;
adapterning bufer xotirasiga uzatilayotgan va qabul qilinayotgan
axborotlarni yozish;
qabul qilingan axborot almashinuvini boshqarish usulida tarmoqqa
ega bo‗lishni tashkil qilish;
axborotlarni qabul qilish va uzatishda paketlarning nazorat bitlari
yig‗indisini hisoblash.
Odatda hamma tarmoq vazifa maxsus katta integral sxemalar yordamida
amalga oshirilganligi uchun adapter platasining o‗lchami kichik va narxi arzondir.
Agarda tarmoq adapteri bir necha turdagi kabellar bilan ishlay olsa, u holda
yana bir sozlanish lozim bo‗lgan ko‗rsatkich qo‗shiladi (kabel turini tanlash).
Masalan, adapter platasida u yoki bu turdagi kabelga ulash uchun moslama
(peremichka) bo‗lishi mumkin.
Adapterdan boshqa hamma mahalliy tarmoq qurilmalari yordamchi
qurilmalar bo‗lib, ko‗pincha ularsiz ham ishni tashkil qilish mumkin.
Transiverlar
yoki
uzatish
va
qabul
qilish
qurilmalari
(TRANsmitter+reSEIVER, priyemoperedatchiki), ular adapter bilan tarmoq kabeli
o‗rtasidagi axborotni uzatish uchun xizmat qiladilar yoki tarmoqning ikki qismlari
(segment) o‗rtasidagi axborot uzatishni amalga oshiradilar. Transiver signalni
kuchaytirish, signal qiymatlarini o‗zgartirish yoki signal ko‗rinishini o‗zgartirish
|
| |