317
4.5§ Global tarmoq
Eng taniqli tarmoqlarning namoyondasi IP tarmoq – Internet tarmog‗i –
global tarmoqdir, mahalliy IP tarmoqlarni Siz har bir korxonada uchratishingiz
mumkin.
Shu bilan bir vaqtda kompyuter tarmoq texnologiyalari ham mavjud, ular
global tarmoq hosil qilish uchun mo‗ljallangan: Frame Relay, ATM, MPLS. Bu
texnologiyalarda qurilgan tarmoqlar katta hududlarni qoplaydi va ko‗p sonli
tugunlarni birlashtirib, IP birlashgan tarmoqning tashkiliy tarmoqlari bo‗lib qoladi.
Bu bobda biz bunday texnologiyaning xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz hamda
kommunikatsiya
kanallarini
yaratish
uchun
xizmat
qiluvchi
birlamchi
tarmoqlarning ishlash tamoyillarini o‗rganamiz.
4.5.1. Birlamchi tarmoqlar
Birlamchi yoki transport tarmoqlari (transmission networks) – bu
maxsus ko‗rinishdagi telekommunikatsion tarmoqlardir, ular doimiy global yuqori
tezlikdagi kanallarni yaratish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, so‗ng boshqa
tarmoqlarni yaratishga ishlatiladi, masalan, telefon yoki kompyuter tarmoqlarini.
Birlamchi tarmoqlarni boshqa telekommunikatsion tarmoqlardan farqi
quyidagidan iborat, u telefon apparatlarini bog‗lovchi telefon tarmoqlari
qiladigandek yoki kompyuterlarni o‗zaro bir-biri bilan ulovchi oxiridagi
foydalanuvchining terminal qurilmalari bilan ishlamaydi. Buning o‗rnida birlamchi
tarmoq kanallari boshqa tarmoqlarning kommunikatsion qurilmalarini ulaydilar va
ular esa o‗z navbatida oxiridagi foydalanuvchining terminaliga xizmat
ko‗rsatadilar.
Telefon va kommunikatsion tarmoqlar birlamchi tarmoqlarga nisbatan
ikkalamchi yoki ustama (overlay) tarmoq bo‗lib xizmat qiladi.
318
Birlamchi
tarmoq
arxitekturasi
telekommunikatsion
tarmoqning
umumlashtirilgan arxitekturasiga mos keladi, yaʻni kabelli aloqa yo‗llari va
kommutatorlardan tashkil topgandir.[10],[14]
Birlamchi tarmoqlarda kanallar kommutatsiya texnikasi ishlatiladi, shuning
uchun bu tarmoqlarning kanallari qayd qilingan o‗tkazish xususiyatiga ega.
Birlamchi tarmoq kommutatorlarining alohida xususiyati bo‗lib, ular
kanallarni dinamik kommutatsiyalamaydi, yaʻni telefon tarmoqlarida sodir
bo‗ladiganidek foydalanuvchi qurilmasining so‗rovi bilan emas, apparatda nomer
terilganda
tuzilgan
kanalni
chaqirilayotgan
abonent
apparati
bilan
kommutatsiyalanadigan, balkim tarmoq operatorining buyrug‗i bilan statik
kommutatsiyalanadi.
Shuning uchun birlamchi tarmoqning tuzilgan ularni kanalini ulovchi
ustama tarmoqning ikki kommutatori uchun doimiy oddiy kabel ulanishi bo‗lib
qoladi, ustama tarmoq kommutatorlari ular orasida joylashgan birlamchi tarmoq
kommutatorlarini ―ko‗rmaydilar‖. Bunday hollarda, birlamchi tarmoq ularning
kanallari orqali ishlovchi ustama tarmoq uchun shaffof deb aytiladi.
20.1 – rasmda birlamchi tarmoq orqali ulangan uchta marshrutizatorli
(pastdagi yuza), ustama tarmoq paketlarni kommutatsiyalashdagi (yuqoridagi
yuza) qismi ko‗rsatilgan.
Odatda birlamchi tarmoqning bitta kabeli multipleksirlash hisobiga
kompyuter yoki telefon tarmoqlarining bir necha yuz magistral kanallarining
trafigini uzatish imkoniyatini beradi.
Birlamchi tarmoqlarni yaratishning bir necha texnologiyasi mavjud:
plezioxronli raqamli iyerarxiya (PDH);
sinxron raqamli iyerarxiya (SDH/SONET);
zichlashtirilgan to‗lqinli multipleksirlash (DWDM);
optik transport tarmog‗i (OTN).
|