321
quyidagicha amalga oshiriladi, har bir axborot oqimi davriy ravishda kanalni o‗z
ixtiyoriga ma‘lum belgilangan oraliqdagi vaqtga oladi.
TDM qurilmalarini sinxronlash qurilmaning ishlash siklida kadrni vaqtdagi
holatini boradigan manzili sifatida ishlatishga imkon beradi – shu jihati bilan TDM
tarmoqlari paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlaridan farqlanib turadi. Paketlarni
kommutatsiyalash tarmoqlarida jo‗natiladigan manzili kadrda aniq ko‗rsatilishi
kerak bo‗ladi.
Bu texnologiya asosida T-1 qurilma ishini 4.39-rasm namoyish etadi, unda
ikki multipleksordan (M1 va M2) (TDM multipleksorlari multipleksorlash va
demultipleksorlash vazifalarini bajarib, bir qurilma sifatida ishlab chiqariladi) va
bir kommutatordan S1 (shuningdek u yana
kross-konnektor ham deb ataladi)
tashkil topgan tarmoqning bir qismi keltirilgan.