|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 232/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
323
oxiri 1 bayt olinishi kerak bo‗ladi. Kommutator kadrlardagi baytlarni kerakli
darajada ―aralashtirib‖ tarmoqdagi abonentlarni talab etilgan ulanishlarni
taminlaydi.
M2 multipleksori teskari masalani hal qiladi – u kadr baytlarini tanlab oladi
va ularni o‗zining bir necha chiqish kanallariga taqsimlaydi, bunda u baytning
kadrdagi tartib nomeri chiqish kanalining nomeriga mos deb xisoblaydi.
Sinxronlikni buzilishi abonentlarning talab etilgan kommutatsiyasini buzib
yuboradi, bu holda slotning nisbiy joylanishi o‗zgaradi, demak manzillangan
axborot yo‗qoladi. Shuning uchun TDM qurilmasida turli kanallar o‗rtasida taym-
slotlarni operativ ravishda qayta taqsimlashni amalga oshirib bo‗lmaydi. Hatto,
agarda multipleksorning qaysidir ishlash siklida kanallardan birining taym-sloti
ortiqchalik qilsa ham, chunki hozirgi vaqtda bu kanalning kirishida uzatish uchun
axborot yo‗q (masalan,telefon tarmoq abonenti sukutda), bu holda u bo‗sh
uzatiladi.
Umumiy holda TDM tarmoqlari dinamik kommutatsiyalash ish tartibini
yoki doimiy kommutatsiyalash ish tartibini quvvatlashlari mumkin, ba‘zida esa bu
ikki ish tartibini ham quvvatlaydilar. Raqamli telefon tarmoqlari tarmoq
abonentlarning tashabbusi bilan dinamik kommutatsiyalashni quvvatlaydilar.
PDH tarmoqlarining asosiy ish tartibi bu doimiy kommutatsiyalash bo‗lib
(kross-konnektor nomi ham doimiy ulanishni aks ettiradi). Odatda PDH
ulanishlarini o‗zgartirish (konfiguratsiyalashtirish) boshqarish tizimi orqali amalga
oshiriladi, katta bo‗lmagan tarmoqlarda esa uni qo‗lda amalga oshiriladi.
Bosqichli tezliklar. Katta telefon stansiyalarini ulash planida T-1 kanali
multipleksorlashning juda bo‗sh va moslashuvchanligi kam vosita sifatida
namoyon bo‗ladi, shuning uchun bosqichli tezliklari bor kanal g‗oyasi joriy
etilgan. To‗rtta T-1 turidagi kanalni birlashtirib keyingi raqamli bosqich T-2 hosil
qilinadi, u axborotlarni 6,312 Mbit/s tezlik bilan uzatadi. T-3 kanali yettita T-2
kanalini birlashtirish orqali hosil qilingan va u 44, 736 Mbit/s tezlikka ega. T-4
|
| |