• Mavzu: KOAKSIAL KABELLARDA ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLARNING TARQALISHI Bajardi: Arapov Y. Qabul qildi: Xalilov M.M.
  • O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar.
  • O‘ralgan juftlik kabeli.
  • Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti” “ Elektromagnit maydonlar va to'lqinlar




    Download 207.88 Kb.
    bet1/6
    Sana24.02.2024
    Hajmi207.88 Kb.
    #161628
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ARAPOV YOQUBJON m2
    chapter-4-Analog-and-Digital-Modulation, 1-dedlayn Tarmoq xavfsizligi, ARAPOV YOQUBJON M3

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    FARG‘ONA FILIALI
    Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti”
    “ Elektromagnit maydonlar va to'lqinlarfanidan
    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: KOAKSIAL KABELLARDA ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLARNING TARQALISHI
    Bajardi: Arapov Y.
    Qabul qildi: Xalilov M.M.
    KOAKSIAL KABELLARDA ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLARNING TARQALISHI
    Axborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlovchi axborot yo‘llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko‘pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, baholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
    Mahalliy tarmoqlarda ko‘pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya’ni bir bit axborot uzatilgandan so‘nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo‘li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‘ladigandek ko‘rinadi, aslida juda ko‘p sarf bo‘ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‘rtasidagi masofa katta bo‘lsa, ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. 8.16 yoki 32 ta kabellarni o‘tkazishga qaraganda, bir dona kabelni o‘tkazish ancha oson. Ta’mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qat’i nazar, axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa, kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa, ishlatiladigan parallel axborotni razryadlar soniga teng bo‘ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko‘p bo‘lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda ko‘pincha axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi. Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu — har bir bitni uzatishga mo‘ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo‘lishligidir. Aks holda, turli uzunlikdagi kabellardan o‘tayotgan signallar o‘rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo‘yicha siljish hosil bo‘ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo‘lganda vaqt bo‘yicha siljish 5-10 ns.dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi, kabellarning uzunlikdagi farqi 1-2 metr bo‘lganda hosil bo‘ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo‘lganda esa, bu kattalik 0,1-0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, ba’zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2-4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzoif kabel ishlatish mumkin, lekin kabelni ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segment 100 BASE-T4 keltirish mumkin. Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo‘lish mumkin: o‘ralgan juft simli kabel (vitaya para — twisted pair), ular himoyalangan, ya’ni ekranlashtiriladi (ekranirovannыe - shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan, ya’ni ekranlashtirilmagan (neekranirovannыe unshielded twisted pair, UTP); koaksial kabellar (coaxial cable); shisha tolali kabellar (optolokonnыe kabeli – fiber optic). Kabelning har bir turi o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun kabel turini tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek, alohida olingan tarmoq xususiyatini va avvaldan mavjud bo‘lgan barcha korxona standartlarining o‘rniga, 1995-yilda qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) standarti mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi. O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar. O‘ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng ko‘p tarqalgan kabellarda ishlatiladi. O‘ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan har biri alohida qoplanib, ular o‘zaro bir-biriga o‘ralgan, bunday juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g‘ilofga olingan bo‘ladi. U ancha egiluvchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir. Odatda, o‘ralgan juftlik kabel tarkibida 2 ta yoki 4 ta juftlikdan iborat bo‘ladi (3.1-rasm). O‘ralgan juftlik kabeli. Himoyalanmagan o‘ralgan juftliklar tashqi elektromagnit xalaldan (pomexa) sust himoyalangan va shuningdek, sanoat ayg‘oqchiligi maqsadida axborotlarni eshitishdan ham himoya­lanmagan. Axborot o‘g‘irlashning ikki turi ma’lum: ulanish (kontaktnыy) va ulanmasdan masofadan turib (beskontaktnыy). Ulanish orqali axborotni o‘g‘irlash ikkita ignani kabelga sanchish orqali amalga oshirilsa, ulanmasdan axborotni o‘g‘irlash esa, kabel tarqatadigan elektromagnit maydonni radio orqali egallash usulidan foydalanib amalga oshiriladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun kabel himoyalanadi (ekranlanadi). To‘qilgan juftlikni (STP) ekranlashtirish vaqtida har bir juftlikni ochiq to‘qilgan metall simli qobiq (ekran)ning ichiga joylashtiriladi. Bunday konstruksiya kabelni nurlanishini kamaytiradi, tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlarning bir-biriga ta’sirini ham kamaytiradi (crosstalk, perekrestnыe novodki, chorraha yo‘nalishlar). Tabiiyki, ekranlashtirilgan o‘ralgan juftlik, ekranlashtirilmagan juftlikka nisbatan narxi ancha qimmat bo‘ladi, ulardan foydalanilganda maxsus ekranlashtirilgan ulovchi moslamalardan (razyom) foydalanish zarur. Shuning uchun ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikka nisbatan ekranlashtirilgan o‘ralgan juftlik kam uchraydi. Ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga razyomlami ulashning osonligi va shuningdek, har qanday shikastlanishlarni ta’mirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan hamma texnik ko‘rsatgichlari boshqa turdagi kabellarga nisbatan yomon. Masalan, signalni uzatishda berilgan so‘nish tezligi (kabeldan signal o‘tgan sari uning amplitudasini kamayishi) bu kabellarda koaksial kabel ko‘rsatgichiga nisbatan katta. Agarda, kam himoyalanganligini ham hisobga olsak, nima uchun o‘ralgan juftlik kabellarining uzunligi kam bo‘lishi (100 metr atrofida) tushunarlidir. Hozirgi vaqtda o‘ralgan juftliklardan 100 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun ishlatilmoqda va uzatish tezligini 1000 Mbit/s.ga yetkazish ustida ish olib borilmoqda.
    Ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftli kabellaming (UPT) EIA/TIA 568 standartiga ko‘ra yetti toifasi mavjud:

    Download 207.88 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 207.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti” “ Elektromagnit maydonlar va to'lqinlar

    Download 207.88 Kb.