|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 238/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
330
OTN tarmoqlari. Bu muammoni hal qilish uchun yangi optik transport
tarmoqlari (Optical Transport Networks, OTN – opticheskiye transportniye seti)
ishlab chiqildi, magistral tarmoqlarga mo‗ljallangan, chunki past tezlikdagi
oqimlarni multipleksirlashni SDH texnologiyasiga (yoki Ethernet) qoldirib, u faqat
tezliklarni yuqori bosqichlarini quvvatlaydi.
OTN tarmoqlarida kadrlarning uchta o‗lchami quvvatlanadi, quyidagi
tezliklar bosqichiga mos: OTU1 (2,7 Gbit/s), OTU2 (10,7 Gbit/s) va OTU3 (43
Gbit/s). Bu ro‗yxatdan kelib chiqadiki, OTN 4 koeffitsiyent bilan
multipleksirlashni ta‘minlaydi, yaʻni ancha yuqori bosqichdagi har bir kadr 4 ta
pastroq bosqichdagi kadrlardan tashkil topgan bo‗ladi.
OTN kadrlar o‗lchami o‗z axborotlar maydoniga amaliy jihatdan xorijiy
zamonaviy texnologiyadagi axborotlarni uzatish o‗lchamini sig‗dira oladi: SDH,
Ethernet, Fibre Channel. OTN texnologiyasining SDH texnologiyasidan farqi ham
shundan iboratdir, dastlab faqat telefon tarmoq trafigini o‗tlazishga mo‗ljallangan
bo‗lib va shuning uchun tezliklar chizig‗i 64 Kbit/s marta oshadi. OTN
texnologiyasining boshqa afzalligiga multiplelsirlash sxemasining nisbatan
soddaligi bo‗lib, unda tezliklar chizig‗idagi uchta tezliklarning barcha bosqichining
mavjudligi bo‗ladi.
OTN da xuddi SDH dagi kabi xatoliklarni tuzatish FEC amali bajariladi,
lekin OTN da ishlatiladigan o‗z-o‗zini tuzatuvchi kod samarodorligi jihatidan SDH
da ishlatilgan o‗z-o‗zini tuzatuvchi kodga nisbatan yuqori.
4.5.2. Frame Relay texnologiyasi
Global tarmoqlarning Frame Relay paket texnologiyasi 1980 yillarning
oxirlarida yaratilgan, unga yuqori tezlikdagi va ishonchli raqamli kanallar
texnologiyalarining RDH va SDH paydo bo‗lishi sababchi bo‗lgan. Bungacha
global tarmoqlarining asosiy texnologiyasi bo‗lib X.25 texnologiyasi xizmat
|
| |