|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 239/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
331
qilgan, ularning murakkab steklari past tezlikdagi analog kanallarga mo‗ljallangan
edi, shu bilan bir qatorda u xalalning yuqori darajasi bilan ham farqlanib turar edi
va shuning natijasida axborotlarni uzatishda xatoliklari ham bo‗lar edi. Frame
Relay xususiyati uning soddaligi, bu texnologiya faqat qabul qiluvchiga paketni
yetkazib berishga kerak bo‗lgan minimum xizmatlarni havola qiladi. Shu bilan bir
qatorda Frame Relay texnologiyasini loyihalashtiruvchilari oldinga muhim qadam
tashladilar, tarmoq foydalanuvchilariga tarmoqdagi ulanishlarning kafolatlangan
o„tkazish imkoniyatini havola qilib - bu xususiyatni Frame Relay paketli tarmoqlar
texnologiyasi paydo bo‗lgunicha standart shaklda quvvatlanmagan.
Frame Relay texnologiyasi virtual kanallar texnikasining ishlatilishiga
asoslangan. Virtual kanallar texnikasi paketlarni deytogrammali xarakatlanish
usulini noaniqligi bilan, masalan, Ethernet va IP tarmoqlarida ishlatiladigan, va
birlamchi hamda telefon tarmoq texnologiyalariga xos bo‗lgan kanallarni
kommutatsiyalash texnikasining qattiqligi o‗rtasidagi kelishuvdan tashkil
topgandir.
Global tarmoq operatorlari yetarli darajada uzoq vaqt Internetni
revolyusion darajada tarqalgan 90 yillarning o‗rtasigacha virtual kanallar
texnikasiga
etiborni
ko‗p
qaratganlar.
Axborotlarning
xarakatlanishni
deytogramma usuliga nisbattan virtual kanallar texnikasi tugunlar aro ulanishlar
ustidan va tarmoq orqali axborot oqimlarini o‗tish yo‗llarini nazorat qilishda ancha
keng
imkoniyatlarini
havola
qiladi.
Virtual
kanallar
ham
kanallarni
kommutatsiyalash texnikasiga nisbatan ba‘zi afzalliklarga egadir, ular o‗tkazish
imkoniyatidan ancha moslashuvchanlik bilan foydalanishga imkon beradi. Bu
sharoitda operatorlar foydalanuvchilar o‗rtasida resurslarni har bir foydalanuvchi
aynan o‗zi rozi bo‗lgan xizmatlarnigina olishi bo‗yicha taqsimlashga aralashuvi
mumkin bo‗ladi.
Frame Relay tarmoqlarining virtual kanallar texnikasini 20.5-rasmda
keltirilgan tarmoq misolida ko‗rib chiqamiz.
|
| |