340
4.45-rasm. Uzluksiz jarayonni diskret modulyatsiyalash
Dastlabki uzluksiz funksiyaning amplitudasi berilgan davrda o‗lchanadi –
buning hisobiga vaqt bo„yicha diskretlash sodir bo‗ladi. So‗ng har bir o‗lchash
ma‘lum razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi, bu qiymatlar bo„yicha diskretlashni
bildiradi – amplitudaning uzluksiz ko‗p bo‗lishi mumkin bo‗lgan qiymatlarini
uning diskret ko‗p qiymatlari bilan almashtiriladi.
Tovushni sifatli uzatish uchun tovush tebranishlarining amplitudasini
kvantlash chastotasi 8000 Gs li ishlatiladi (vaqt bo‗yicha diskretlash 125 mks
oraliqda). Amplitudani bitta o‗lchashini ifodalash uchun ko‗pincha 8 bitli kod
ishlatiladi, bu tovush signalini 256 nuqtada o‗lchash imkonini beradi (qiymati
bo‗yicha diskretlash). Bu holda bitta tovushli kanalni uzatish uchun 64 Kbit/s li
o‗tkazish imkoniyati bo‗lishi zarur. Bunday tovushli kanalni raqamli telefon
tarmoqlarining elementar kanali deb ataladi.
Uzluksiz signalni raqamli ko‗rinishda uzatish tarmoqlardan ikki o‗lchashlar
orasidagi vaqt 125 mks bo‗lgan oraliqqa qat‘iy rioya qilinishini talab etadi, aks
holda dastlabki signal noto‗g‗ri tiklanadi va bu esa raqamli tarmoqlardan
0 t1 t2 t3 t4 t5 t6 t7 …
A4
A6
A7
A3
A2
A1
A5
Signal amplitudasi
Vaqt
Vaqt bо‗yicha diskretlash
Vaqt bо‗yicha
diskretlash
tamoyili
Ampli
tuda bо‗
yicha
diskre
tl
ash
341
uzatilayotgan tovushni, tasvirni yoki boshqa multimediali axborotlarni buzilishiga
olib keladi. O‗lchashlar orasidagi vaqt bo‗yicha 200 mks ga surilish talaffuz
qilinayotgan so‗zlarni tanib bo‗lmas holatga olib keladi.
Shu bilan birga o‗lchamlardan biri yoqotilsa va qolgan o‗lchashlar
orasidagi sinxronlash saqlab qolinsa amaliy jihatidan tovushni hosil qilishga ta‘sir
etmaydi. Bu raqam-analog o‗zgartiruvch qurilmaning silliqlashini hisobiga sodir
bo‗ladi, uning ishi har qanday signalning inersionligiga asoslangan – tovush
tebranishlarining amplitudasi juda tez qisqa vaqtda katta qiymatga o‗zgara
olmaydi.
Umuman tarmoqda vaqt bo‗yicha paketlarni yetkazish aniqligiga
navbatlarning ta‘sirini ifodalovchi ko‗rsatkichi xizmat ko‗rsatishning sifat
ko‗rsatkichi (Quality of Sevice, QoS) deb ataladi.
Bu ko‗rsatkichlarga odatda quyidagilar kiradi:
paketni yetkazishdagi ushlanish (tovush uchun 150 ms dan ortiq emas);
paketni yetkazishdagi surilishlar (80 – 100ms dan ko‗p bo‗lmasligi);
paketlarni navbatda yo‗qolish ulushi (1 % dan kam bo‗lishi).
QoS ko‗rsatkich talablarini ta‘minlash usullaridan biri ushlanishlarga sezgir
trafikni uzatuvchi paketlarga (kadrlar, yacheykalar) ustunlik bilan xizmat
ko„rsatish. Bugungi kunda navbatlarni ustunliklarga qarab tashkil qilinishini IP-
marshrutizatorlari tomonidan ham va shuningdek Ethernet kommutatorlari
tomonidan ham quvvatlanadi.
Loyihalashtiruvchilarning ATM yacheykalarining uncha katta bo‗lmagan
o‗lchamli va qayd qilingan qilib tanlashlarining sabablaridan biri ustunlikka ega
yacheykalar uchun navbatda kutish ushlanishini kamaytirishga urunishdan iborat.
Gap shundaki, tarmoqlarda axborotlarni uzatishda nisbiy ustunlik bilan xizmat
ko‗rsatish algoritmi joriy etiladi, shunga mos ravishda eng yuqori ustunlik bilan
tugunga kelgan yacheyka navbat boshiga jo‗natilsa ham, hozirda ishlov
berilayotgan yacheykaning uzatilishini to‗xtatmaydi, uning uzatilib bo‗lishini
|