345
ko‗p videokodek ishlab chiqaradi va tasvirni tayanch kadrga nisbattan o‗zgarishini
bayon etuvchi kadrlarni ham ishlab chiqaradi).
ntrVBR (non real-time Variable Bit Rate) – o‗zgaruvchan tezligidagi
bitli trafik uchun axborotlar uzatishda rioya qilinishini ta‘lab etiladigan o‗rtacha
tezligini va uzatuvchi hamda qabul qiluvchini sinxronlashni ta‘lab etilmaydigan.
ABR (Available Bit Rate) – o‗zgaruvchan tezligidagi
bitli trafik uchun
axborotlar uzatishda qandaydir minimal tezlikka rioya qilinishini
talab etiladigan
va uzatuvchi hamda qabul qiluvchini sinxronlashni talab etilmaydigan.
UBR (Unspecified Bit Rate) – axborotlar uzatishda tezligiga ta‘lab
qo‗yilmaydigan va uzatuvchi hamda qabul qiluvchini sinxronlashni ta‘lab
etilmaydigan trafik uchun.
ATM texnologiyasi Frame Relay texnologiyasi kabi o‗zining ommaviylik
cho‗qqisini bosib o‗tib bo‗ldi va hozir uning tatbiq sohalari keskin kamaymoqda.
Buning sabablaridan biri DWDM tarmoqlarining paydo bo‗lishi
va Ethernet
texnologiyasining yuqori chegarasining kengayishi bo‗ldi. Frame Relay da bo‗lgan
hol kabi, MPLS texnologiyasining paydo bo‗lishi, u bir tomondan ATM ning ba‘zi
xususiyatlariga ega, masalan, determinirovann yo‗nalishlarni quvvatlaydi (bu
virtual yo‗llar texnikasiga asoslangan texnologiyalarning umumiy xususiyatidir),
boshqa
tomondan esa, xohishiy o‗lchamdagi kadrlarni
ishlatishi va IP bilan zich
yaqinlashganligi ATM egallagan o‗rnini muammolik qilib qo‗ydi.
ATM ning
avvalgidek qo‗llanadigan sohalardan biri bu Internetga keng yo‗lakli ega bo‗lishda.
Agarda Siz o‗zingizning uyingizdagi ADSL ga qarasangiz
u yerda ATM stekiga
tegishli yozuvni ko‗rasiz.