Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 


 
346
 
 
4.6§ MPLS texnologiyasi. 
Belgi yordamida ko‗p protokolli kommutatsiyalashlar (Multi-Protocol 
Label Switching, MPLS – mnogoprotokolniy kommutatsii s pomoshyu metok ) 
texnologiyasi ko‗p mutaxassislar tomonidan bugungi kundagi eng dolzarb 
transport texnologiyasi deb hisoblanmoqda. Bu texnologiya virtual kanallar 
texnikasining afzalliklari bilan TSR/IP stekining funksionalligini birlashtirgan. 
Birlashish bitta tarmoq qurilmasi belgilar bo‗yicha kommutatsiyalovchi 
(ulovchi) marshrutizator (Label Switch Router, LSR) deb atalishi tufayli sodir 
bo‗lmoqda, u IP-marshrutizatorining ham vazifasini va shuningdek virtual kanallar 
kommutatorining vazifasini ham bajaradi. Bu ikki qurilmani mexanik ravishda 
birlashtirish emas, qachonki har bir qurilmaning vazifasi bir-birining vazifasini 
to‗ldiradi va birgalikda ishlatiladi. 
Birinchi marta marshrutlash (yo‗nalish tanlash) va kommutatsiyalash 
(ulashni) bitta qurilmada amalga oshirish g‗oyasi 90 yillarning o‗rtasida bozorda 
IP/ATM aralash qurilma paydo bo‗ganda joriy etilgan edi. Bu qurilmalarda yangi 
texnologiya IP-kommutatsiyalash (IP switching) joriy etilgan bo‗lib, unda IP-
paketlarni tarmoq orqali xarakatlanishini tezlatish muammosini IP va ATM stek 
protokollarining birgalikdagi xarakati orqali yechilgan. Shu vaqtda IP protokoli 
ko‗pincha ATM ning yuqori qatlamida ishlagan, bunda provayder tarmog‗idagi 
chegaraviy IP-marshrutizatorlar o‗rtasida ATM kanallari axborotlarni tez uzatish 
uchun ishlatilgan (ko‗pincha kafolatlangan o‗tqazish imkoniyatini va QoS 
quvvatlashida), shu bilan u oraliqdagi magistral IP- marshrutizatorlarni ―aylanib 
o‗tish‖ yoki ―taajjubda qoldirish‖ ni amalga oshirgan. O‗sha vaqtning IP-
marshrutizatorlari ATM kommutatorlaridan ancha sekin ishlagan, shuning uchun 
bunday ―taajjubda qoldirish‖ dan samara jiddiy bo‗lgan. Biroq bu usulning 
kamchiligi bo‗lgan edi – u qisqa vaqtli oqimlar uchun yomon ishlagan, chunki 



Download 5,65 Mb.
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish