|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 258/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
357
4.6.1. IP global tarmoqlar
Global IP tarmoq tarkibi. IP texnologiyasi tarkibiy tarmoqlarni tuzish
uchun mo‗ljallangan, bunda tarkib qismlari sifatida mahalliy tarmoq ham bo‗lishi
mumkin va shuningdek global tarmoq ham bo‗lishi mumkin.
IP bosqisi ostida global tarmoq qatlami qanday tuzilganiga qarab, ―toza IP
tarmoqlar‖ haqida va ―ustidagi‖ (over) qaysidir texnologiya haqida gap
yuritishimiz mumkin bo‗ladi, masalan, IP over ATM. ―toza IP tarmoqlar‖ nomi, IP
bosqichi ostida paketlarni kommutatsiyalashni (kadrlar yoki yacheykalar) amalga
oshiruvchi hech qanday boshqa bosqich yo‗q ekanligini bildiradi.
22.1-rasmda shunday turlanish tushintirilgan. Sifatli va turli xizmatlarni
havola qilish uchun ko‗pchilik katta global tarmoqlarda, ayniqsa tijorat tarmoqning
aloqa operatorlari ko‗p qatlamli IP tarmoq ko‗rinishida quriladi, sxematik
ko‗rinishi rasmda keltirilgan.
Ikki pastki qatlam – bu birlamchi tarmoq bosqichlari. Yetti bosqichli OSI
modeli bosqichlarining bitta bosqichiga mos keladi – jismoniy bosqichga, chunki
paketli tarmoqqa birlamchi tarmoq xuddi nuqta-nuqta jismoniy kanallar to‗plami
kabi ko‗rinadi. Birlamchi tarmoqning eng pastki bosqichida 10 Gbit/s tezlikdagi
spektral kanal tashkil etuvchi, bugungi kunda eng tez bo‗lgan DWDM texnologiya
ishlaydi. Keyingi qatlamda DWDM ustida SDH texnologiyasi (PDH ega bo‗lishli
tarmoq bilan) tatbiq etilishi mumkin yoki OTN, uning yordamida spektral
kanallarning o‗tkazish imkoniyati ancha past unumdorlikka ega bo‗lgan paketli
tarmoq kommutatorlar (yoki telefon kommutatorlarini) interfeyslarini bog‗lovchi
―mayda‖ TDM-kanal ostilarga bo‗linadi. Ba‘zida DWDM spektral kanal qatlamini
nolinchi qatlam ham deb ataladi, SDH/OTN qatlam esa – birinchi qatlam bo‗ladi,
vaholanki bunday nomlar standartlashtirilgan nomlar emas.
|
| |