353
va xokazo. ATM texnologiyasini o‗rganayotganimizda biz virtual kanallarning
shajara konsepsiyasini eslatib o‗tgan edik, u texnologiyada shajaraning ikki
bosqichi ishlatiladi: virtual yo‗l (VP) va virtual ulanishlar (VC). MPLS kanallar
shajara bosqichlar sonini cheklamaydi.
Rasmdan ko‗rinib turibdiki MPLS texnologiyasi bir necha turdagi kadrlarni
quvvatlaydi: PPP, Ethernet, Frame Relay va ATM. Buni MPLS qatlami ostida
sanab o‗tilgan texnologiyalaridan biri ishlaydi deb tushunish kerak emas. Bunda
faqat MPLS texnologiyasida sanab o‗tilgan texnologiyalarning kadrlarining
o‗lchami ishlatiladi, ularga tarmoq darajasidagi paketni joylash uchun albatta, ular
bugungi kunda deyarli har doim IP-paketlardir.
PPP, Ethernet va Frame Relay kadrlarida MPLS sarlavhasi yagona sarlavha
bilan 3- bosqich paket sarlavhasining orasiga joylashtiriladi. ATM yacheykalari
bilan MPLS texnologiyasi boshqacha ishlaydi: u bu yacheykalarning
sarlavhalaridagi mavjud VPI/VCI maydonlardan virtual ulanishlar belgisi uchun
ishlatadi. VPI/VCI maydonlar faqat belgi maydonini saqlash uchun ishlatiladi,
MPLS sarlavhasining SoS, S va TTL maydoni bilan qolgan qismini ATM-
yacheykalarning axborotlar maydoniga joylashtiriladi va MPLS texnologiyasini
quvvatlovchi ATM kommutatorlari tomonidan yacheykalarni uzatilganda
ishlatilmaydi.