Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
4.5.3. ATM texnologiyasi 
 
Uzatishning asinxron ish tartibi (Asynchronous Transfer Mode, ATM – 
asinxronniy rejim peredachi) – bu texnologiya virtual kanallarni o‗rnatishga 
asoslangan va birlashgan xizmat ko‗rsatish tarmoqlarining yangi avlodi uchun 
yagona universal transport sifatida ishlatish uchun mo‗ljallangan. 
Birlashgan xizmat ko‗rsatishni bu yerda quyidagicha tushunish kerak, 
tarmoqning turli turdagi trafikni uzata olish imkoniyati: ushlanishlarga sezgir 
(masalan, tovush) va elastik trafik, yaʻni keng oraliqlarda ushlanishlarga imkon 
beruvchi trafik (masalan, elektron pochta trafigi yoki veb sahifalarni ko‗rish). Shu 
bilan ATM texnologiyasi Frame Relay texnologiyasidan farqlanadi. 


 
339
Undan tashqari, ATM texnologiyasini loyihalashtiruvchilarining maqsadiga 
tezliklarning keng bosqichlarini uzatish va ATM kommutatorlarini ulash uchun 
birlamchi SDH tarmoqlarini ishlata olish imkoniyatini yaratish kirgan. Natijada 
ATM qurilmalarini ishlab chiqaruvchilari SDH tezliklarining birinchi ikki tezliklar 
bosqichi bilan cheklandilar, yani STM-1 (155 Mbit/s) va STM-4 (622 Mbit/s). 
ATM texnologiyasida axborotlarni tashish uchun yacheykalardan 
foydalaniladi. Yacheykani kadrdan asosiy farqi faqat birinchidan, qayd qilingan va 
ikkinchidan katta bo„lmagan o‗lchamga ega. Yacheykaning uzunligi 53 baytni 
tashkil etadi, axborot maydoni esa – 48 bayt. ATM tarmoqlari aynan shuningdek 
o‗lchamdagi ushlanishlarga sezgir tovush va videotrafiklarni kerakli sifat 
ko‗rsatkichida uzatadi.
Paketlarni uzatishdagi ushlanishi paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarida 
(bunga ATM ham kiradi) kommutatsiyalash tamoyilining oqibatidir, chunki har bir 
paket alohida uzatiladi va tarmoqning har bir kommutatorida yoki 
marshrutizatorida navbat mavjudligi tufayli uzoq buferlash oqibatida bo‗lishi 
mumkun. Tovushli va videotrafik uchun alohida paketlarning ushlanishi juda 
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki qabul qilish tomonida tovush va 
ta‘svirning sifatiga ziyon yetadi. Internet-telefondan foydalanuvchilar bu holat 
bilan tanishlar albatta, masalan, suxbatdoshning ovoz tembrining o‗zgarishi (hatto 
suxbatdoshni tanib bo‗lmas darajada va so‗zni anglab bo‗lmaydigon holatga ham 
kelishi mumkin), aks sado paydo bo‗lishi va hokazolar. 
Tovushni raqamlashtirish masalasi ancha umumiy masalaning xususiy holi 
bo‗lib – uzluksiz (analog) axborotni diskret (raqamli) shaklda uzatish. U 60 
yillarda hal qilingan, yaʻni tovushni telefon tarmoqlari orqali nol va birlar ketma – 
ketligida uzatila boshlangandan so‗ng bunday o‗zgartirish uzluksiz jarayonlarni 
amplituda bo‗yicha va shuningdek vaqt bo‗yicha diskretlashtirishga asoslangan 
(21.1-rasm). 



Download 5,65 Mb.
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish